Android kitob yaratish telefonda

Java telefonda android kitob tayyorlash

Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, bugun men sizlarga java telefonda android kitob tayyorlashni va taxrirlashni o’rgataman. Buning uchun bizga kerak bo’ladigan dasturlar.
01. Android kitob .zip
02. Uz X-Plore .jar
03. Uz Txt Editor .jar
dasturlari kerak bo’ladi.

Demak biz birinchi bo’lib «Uz X-Plore .jar» dasturiga kiramiz va «Android kitob .zip» Zip formatdagi android kitobimizni topib, shu kitobimizga kiramiz. Ana endi «Menu» ni bosib, pastdan «Hammasini tanlash» ni va 1 raqamini bosib, so’ng yana «Menu» ni bosamiz va pastdan «Papka tuzish» ni ham bosib «Yangi papka» tuzib olamiz va shu «Yangi papka» ga kirib 3 raqamini bosamiz. Endi («Да» tugmasini 100 martagacha bosishimiz mumkin) «Android kitob .zip» ni sochib olamiz. Ana endi «Uz X-Plore .jar» dasturidan chiqib ketamiz va «Uz Txt editor .jar» dasturiga kiramiz. «Функции» ni bosib «Ochish» ga kiramiz va yuqorida tuzib olgan «Yangi papka» ga boramiz va shu papkamizga kirib pastdan «assets» papkasi bor. Shu papka ichiga kiramiz. Ushbu «assets» papkasidan chiqmagan holda ish olib boramiz. Demak «assets» papkasida «chapters.xml» paketi mavjud. Biz shu paketga kiramiz. Men o’zimga qulayroq bo’lsin deb, har-bir sahifaga, Masalan 1-sahifaga «1-bo’lim» ikkinchi sahifaga «2-bo’lim» deb yozib olganman. E’tibor bergan bo’lsangiz «chapters.xml» paketida 1-bo’lim va pastda 1.txt, 2-bo’lim va 2.txt deb qo’yganman. Bu 1.txt, 2.txt kitobda sahifa hisoblanadi. Mundarijaga kirganingizda 1-bo’lim ga bossangiz .txt sahifasiga kiradi.

Demak biz «assets» papkasida 1.txt fayliga kiramiz va sher yoki qiziqarli maqolamizni yozamiz va saqlab olamiz. Masalan maqola yozayotgan bo’lsangiz, maqola nomi «Kitob tuzish» biz «chapters.xml» paketiga kirib «1-bo’limni» o’chirib, o’rniga «Kitob tuzish» deb yozamiz va saqlab olamiz. Barcha txt fayllarni shu taxrirlab, nom berib saqlab olamiz.

Yana «Uz X-Plore .jar» dasturiga kiramiz va «Yangi papka» ni topamiz, so’ng shu papkaga kirib «Menu» ni bosamiz va pastdan «Hammasini tanlash» ni bosib, yana «Menu» ni bosamiz. Pastdan «Fayllarni jamlash (zip)» ni bosib, («Да» ni 100 martagacha bosamiz) va barcha fayllarni yig’ib olamiz. Yig’ib olgan faylimiz fleshkaga «File.zip» bo’lib tushadi. Siz android telefonlarga ushbu kitobni o’tkazib «ApkEditor.apk» dasturi orqali .zip formatni .apk qilib o’zgartirib olishingiz mumkin. Yoki shaxsiy saytingiz bo’lsa, saytiz panel ga ushbu kitobni yuklab .zip formatni .apk qilib omma e’tiboriga havola qilishingiz mumkin.

Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari, ushbu maqolada xato yoki kamchilik bo’lsa shu yerda yozib qoldiring.

Источник

shoydullo adminstrator

Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 275
Bugun: 5.12.2021
Soat: 19:2

Android operatsiyon tizim uchun kitob tayyorlash

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-03-29

Android operatsiyon tizim uchun kitob tayyorlash

Ushbu qo`llanma Android qurilmasida ishlash mumkin bo`lgan electron kitoblar yaratish uchun, Android kitob ilovadan qanday foydalanish mumkinligi bayon etilgan va Android telefonlar uchun kitob tayyorlash ko`rsatib o`tiladi.
Android uchun kitob tayyorlash dasyure interfeysi.

Читайте также:  Android 10 hms huawei mobile service что это

-tugmani bosish bilan yangi kitob yaratish va joriy kitob to`g`risida asosiy ma’lumotlarni o`rnatish.

-tugmani bosish vositasida matnli fayllarni Inport qilish v abo`lim hamda kitobning mazmunini tahrirlash ishlari.

-tugmani bosish orqali kitobni APK kengaytmali kitob ko`rinishida chiqarishga buyruq beradi.
Yangi apk kengaytmali kitob yaratishni ko`rib chiqamiz:

Qadam 1. «Создать новую книгу» Yangi kitob yarating tugmasini bosib, yangi kitob yaratish va asosiy ma’lumot kiritiladi.
Название книги-kitob nomi,
Автор-muallifi,
Категория-mundarijalar
Веб сайт-veb saytingiz mavjud bo`lsa, yoki e-mail kiritish
Описание— kitobning qisqrtma izoh so`zlar kiriting.

Qadam 2. «Книга значок» bo`limini tanlab, kitobning yuziga rasm tanlash bajariladi. Android kitob yuzi uchun faqat ico kengaytmali rasm kiritidi bunda rasmning o`lchamlari quyidagicha bo`ladi: 32×32, 48×48, 72×72.

Qadam 3. “Обложка книги” bo`limida kitobning oyna o`lchami o`rnatiladi: 400×568.

Qadam 4. “Опции отображения” bo`limida kitob oynasining rangi, shiriftining rangi hajmi, intervali va bashqa parametrlari o`rnatiladi.

Источник

Android kitob yaratish telefonda

Ko’pchilikning Android telefonida O’zbek tilidagi elektron kitoblarni uchratish mumkin. U kitoblarda hikoya, roman, she’r, testlar, har xil sohaga oid yoki darsliklar bo’yicha ma’lumotlar yozilgan bo’ladi. Internetdan izlasangiz bunaqa kitoblar ko’p bo’lib, o’zinga keraklisini yuklab olib telefoningizda foydalanishingiz mumkin. Ushbu maqolada kitob yaratishni ko’rib chiqamiz.

Kitob ilovalarini yaratish unchalik murakkab ish emas, dasturlash tillarini bilish ham talab etilmaydi. Android uchun dasturlash tillaridan foydalanib qulay, interaktiv kitoblar yaratish mumkin, ammo ko’pchilik android dasturlash tillarini bilmaydi, o’rganishga esa ko’p vaqt ketishi mumkin.

Android kitoblar yaratish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, kompyuterda, internetdagi maxsus online saytlarda yoki android telefonlarning o’zida ham yaratish mumkin.

Kompyuterda Android Book App Maker dasturida kitob yaratishni o’rganamiz.

Bu dastur pullik bo’lib, rasmiy sayti http://www.appmk.com/ dan yuklab olishingiz mumkin. Dastur hajmi 20 megabaytdan kichik bo’lib, kuchsiz kompyuterlarda ham ishlaydi. Dasturni o’rnatganimizdan so’ng ishchi stolda yorlig’i paydo bo’ladi. Android Book App Maker dasturini ishga tushiramiz va uning interfeysi quyidagicha.

Yangi kitob yaratish uchun «Новая» tugmasini bosamiz. Hosil bo’lgan oynaga kitob nomi, muallifi, turi ni ko’rsatib «Ok» tugmasini bosamiz. Ishchi maydoni ikki qismdan iborat: chap oyna boblar mundarijasi va o’ng qism sahifani tahrirlash oynasi.

Kitobimiz bir nechta boblardan iborat bo’lishi mumkin. Yangi bob qo’shish uchun Ctrl+H klavishini yoki «Добавить пустую главу» tugmasini bosamiz. Boblar mundarijasida esa ular tagma-tag ko’rinib turadi. Boblarni shajaraviy ichma-ich joylashtirsak ham bo’ladi. Boblarni Word dasturi fayllaridan yoki oddiy matn fayllaridan import qilsa ham bo’ladi. Boblarni ustiga bosib aktivlashtiramiz. Tahrirlash oynasiga shu bobga oid malumotlarni kiritamiz. Matn orasiga rasm joylashtirish uchun «Добавить изображение в книгу» tugmasini bosib rasm tanlaymiz. Joylashtirgan rasmimiz tahrirlash oynasida ko’rinmaydi. Har bir bobni tanlab ma’lumot qo’shib chiqamiz.

Barcha ma’lumotlarni kiritib bo’lgandan so’ng «Опции» tugmasini yoki Ctrl+G klavishini bosamiz. Kitob sozlamalari oynasi hosil bo’ladi va kerakli parametrlarni to’g’irlab chiqamiz.

Читайте также:  Яндекс инкогнито для андроид

Ushbu sozlamalar oynasida quyidagilar bajariladi:

1.Оснавные данные-kitob haqida ma’lumotlar, muallif, kitob nomi, sayt adresi yoziladi.

2.Шаблон-kitob uchun kerakli ma’lumotlarni qo’shish.

3.Иконка-ilova ikonkasini o’zgartirish.

4.Обложка книги-kitob muqovasiga rasm joylashtirish.

5.Опции отображения-matn shrift ko’rinishi sozlanadi.

6.Содержание-shifrlash va kitobni o’ngdan yoki chapdan o’qiladigan qilish.

7.Язык-kitobdagi buyruq so’zlarni tarjima qilish.

Sozlamalarni to’g’irlab bo’lgandan so’ng «Собрать» tugmasini bosamiz. Ilova yaratish oynasi hosil bo’ladi. Bu oynadan ilova prefiksi, versiyasi, Admob reklama Id, kitob varaqlanish turlarini va saqlanadigan papkani ko’rsatib «Далее» oxirida «Готово» tugmalarini bosamiz.

Ko’rsatilgan papka ichida .apk ilovamiz tayyor, uni telefonga o’rnatamiz.

Android qurilmalar uchun elektron kitob yaratishni ko’rib chiqdik. Bu kitoblarni internet orqali foydalanuvchilarga tarqatishingiz yoki Play Marketga joylashtirishingiz mumkin. Bu kitobga biriktrilgan Google Admob reklamalari orqali pul ishlasangiz bo’ladi. Hozirda ko’pchilik o’quvchilar, talabalar Android telefonlardan foydalanadi, oddiy kitoblarni ko’tarib yurishga, kutubxonaga borishga erinishadi. Ularga darslik yoki foydali ma’lumotlardan elektron kitoblar tayyorlab berilsa, bilim va ko’nikmalari oshishiga hizmat qilar edi.

Umedjon Nazirxujayev va yana 35 kishi layk bosishdi.

Источник

Master Android – mobil ilovalar yasashni o‘rgatuvchi ilova!

Dasturchilikni o‘rganishning o‘zgacha usuli

Bugungi kunda dasturlashni o‘rganish uchun yurtimizda turli o‘quv kurslari ochilgan, bundan tashqari, shu maqsadga yo‘naltirilgan onlayn servislar ham mavjud. Bugun esa sizni dasturlashga o‘rgatuvchi Master Android ilovasi bilan tanishtirmoqchimiz.

Ushbu dastur Android operatsion tizimi uchun ilovalar yaratishni o‘rganish istagida bo‘lgan har bir tolibi ilmga mo‘ljallangan. Uning har bir darsida mavzu bo‘ycha nazariy qism va mavzuga doir amaliy namunalar keltiriladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun o‘zlari o‘rganayotgan darsda keltirilgan ba’zi murakkab dastur kodlarini o‘z telefoniga saqlab olish imkoni mavjud.

Master Android ilovasi «Darslar», «Yuklab olish» hamda «Manbalar» bo‘limlarini o‘z ichiga oladi. U offlayn tarzda ishlaydi, ya’ni ilovadan foydalanish uchun internetga ulangan bo‘lishingiz shart emas.

Dasturning afzalliklari

Dasturlashni Master Android ilovasi orqali o‘rganishning bir qator qulayliklari mavjud. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

— Har bir darsdagi nazariy ma’lumotlarning to‘liq yoritib berilganligi;

— Darslarni o‘rganish jarayonida amaliy dasturlarni tuzishga namunalar keltirilishi;

— Amaliy dasturlarni tuzish jarayonining qadamma-qadam ko‘rsatib berilishi;

— Darsda berilgan ma’lumotlarni hajmiga ko‘ra bir nechta qismlarga ajratilgan holda o‘rgatilishi;

— Foydalanuvchilarda har bir komponentaning qo‘llanilish usullari haqida amaliy ko‘nikma hosil qilishi;

— Murakkab dastur kodlarini qurilma hotirasiga yuklab olish imkoniyati;

— Android ishlab chiquvchilar uchun zaruriy manbalar bilan tanishtirib borishi;

— Ilovadan qanday foydalanish haqida tushunarli yo‘riqnoma berilganligi.

Dasturning bo‘limlari

Master Android dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

«Darslar» – bu bo‘lim 35 ta darsdan iborat bo‘lib, ularning har biri nazariy qism, dars mavzusi doirasida to‘liq yoritilgan dastur kodlari va amaliy namunalardan iborat. Amaliy namunalar orqali foydalanuvchi dars davomida o‘rgatiladigan mavzuning qo‘llanilish o‘rinlarini bilib oladi. Namuna sifatida berilgan dastur kodlari foydalanuvchilarda dastur yozish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan.

Читайте также:  Какую систему можно поставить вместо андроид

«Yuklab olish» – mazkur bo‘limda foydalanuvchiga murakkablik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan 47 ta dastur kodini mobil qurilma xotirasiga yuklab olish imkoni mavjud. Bu esa foydalanuvchi darsda keltirilgan dastur kodidan nusxa olish orqali Android studio muhitida ishlatib ko‘rish imkonini beradi.

«Manbalar» – ushbu bo‘limda har bir Android dasturchisi uchun zarur bo‘ladigan 20 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Bu bo‘lim ishlab chiquvchilar uchun savol-javob forumlari, dasturlash sohasi bo‘ycha ishga takliflar, Android qurilmalar va ilovalar haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi saytlar haqidagi kerakli axborotlarni o‘z ichiga olgan.

Dastur nomi: Master Android

Talab etiladigan tizim versiyasi: Android 4 yoki undan yuqori

Hajmi: 12.9 MB

Ishlab chiquvchi: Milestone Systems

Elektron pochta: [email protected]

Источник

Android kitob yaratish telefonda

Kompyuterda foydalanish mumkin bo’lgan 3D elektron kitob yaratishni o’rganamiz. Oldingi maqola Android uchun kitob tayyorlash edi, bu maqola davomi bo’ladi. Yaratmoqchi bo’lgan kitobimizni boshqa dasturlarda ochmasdan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishimiz mumkin. Qiziqarli tomoni bu kitobni sichqoncha yordamida varaqlab, oddiy kitobni varaqlaganday o’qish mumkin.

Kitob yaratishimiz uchun bizga iSpring dasturlar to’plami kerak bo’ladi. Bu dastur pullik bo’lib, https://www.ispringsolutions.com rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin. iSpring dasturlar to’plami ta’lim sohasida ko’p foydalaniladigan eng yaxshi dasturlardan biri. Bir nechta dasturlar jamlanmasi bo’lib, elektron darsliklar, qiziqarli har xil testlar, video darslar va boshqa virtual ta’lim texnologiyalarini yaratishda foydalaniladi.

Dasturni o’rnatib bo’lgandan so’ng bosh menyudan iSpring Kinetics ni ishga tushiramiz va «Книга» yozuvi ustida bosamiz.

Kitob yaratish oynasi hosil bo’ladi. Oynaning yuqori qismida uskunalar paneli joylashgan. Pastki qism esa ikkiga bo’lingan bo’lib, chap va o’ng oynalardan tashkil topgan. Chap oynada kitob sahifalari ko’rinib turadi va sahifani tanlab o’ng oynada ma’lumot kiritamiz. Yangi sahifa qo’shish uchun uskunalar panelidagi «Создать разворот» tugmasini bosamiz, o’chirish uchun belgilab chap oynadagi «Удалить выбранное» tugmasini bosamiz. Sahifa yani varoqlarning orqa fonini o’zgartirish uchun uskunalar panelidagi «Фоны страниц» tugmasini bosib kerakli dizaynni tanlaymiz.

Har bir sahifaga ma’lumot kiritamiz. «Изображение» tugmasi orqali rasm, «Надпись» tugmasi orqali matn joylashtirishimiz mumkin.

Kerakli ma’lumotlarni kiritib bo’lgandan so’ng «Публикация» tugmasini bosamiz. Ekranda publikatsiya oynasi hosil bo’ladi. Bu oynada kitobimiz sarlavhasi nomini, fayl nomi va saqlanadigan joyni ko’rsatamiz, oyna o’lchamlarini kiritamiz. «Сжатие» qismida esa kitobimiz qilish darajasini o’zgartiramiz.

Barcha ishlarni tugatgandan so’ng «Опубликовать» tugmasini bosamiz. Kitobimiz tayyor ko’rsatilgan papka ichidan olib foydalanishimiz mumkin.

Maqolani qisqa va tushunarliroq bo’lishiga harakat qildim. Savollaringiz bo’lsa komentariyada qoldirishingiz mumkin. Kompyuterda 3D kitob yaratishni o’rganib chiqdik. Kompyuterda elektron kitoblar pdf yoki djvu fayl ko’rinishida bo’ladi. Ularni iSpring dasturi yordamida yuqoridagi ko’rinishga keltirsangiz yanada qiziqarliroq bo’ladi. Web saytingiz bo’lsa html fayl ko’rinishida saqlab, saytingizda chiqadigan qilib joylashtirsangiz bo’ladi. Darslik yoki qiziqarli ma’lumotlar asosida bunday kitoblar yaratib, internet orqali tarqatishingiz yoki darslarda foydalanish mumkin.

Arziyeva Sayyora . va yana 35 kishi layk bosishdi.

Источник

Оцените статью