“Kvarts” AJning aksiyalarini sotib olib daromad qiling va Toshkentdan xonadon yutug‘ini qo‘lga kiriting!
5-noyabrdan boshlab “Kvarts” AJ SPO obuna kampaniyasiga bag‘ishlangan butun mamlakat bo‘ylab keng miqyosli road-shou bo‘lib o‘tmoqda. 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining yetakchi “Kvarts” AJ aksiyalarini sotib olish uchun arizalar qabuli boshlandi. O‘tgan yili zavod o‘zining “Toshkent” RFBga 5 foizdan ortiq qimmatli qog‘ozlarini muvaffaqiyatli joylashtirdi, bu yil davlat “Kvarts” AJning yana 5 foiz aksiyalarini SPO orqali sotmoqchi. Egor Romanyuk, “Freedom Finance” AJ vitse-prezidenti (Qozog‘iston) mamlakat fond bozorini rivojlantirish istiqbollari va “Kvarts” AJ aksiyalariga investitsiyalar kiritish to‘g‘risida ma’ruza qildi.
SPO tashabbuskori “Kvarts” AJning asosiy aksiyadori Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi. Joylashtirish tashkilotchilaridan biri investitsiya vositachisi “Freedom Finance” aksiyalarini sotish bilan shug‘ullanmoqda. Har kim brokerlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzishi va zavodninh hamegasi bo‘lishi mumkin.
“Kvarts” AJning barqarorligi bozorda o‘z o‘rni bilan ta’minlangan: korxona O‘zbekistonda rangli va rangsiz oyna ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Zavod mamlakat iqtisodiyotining shisha idishga bo‘lgan ehtiyojining 50 foizini, qurilish oynasiga bo‘lgan talabning 60 foizdan ortig‘ini va shisha bankasiga 95 foizdan ko‘prog‘ini qondirmoqda. Zavod daromadi va foydasini ko‘paytirishning qisqa muddatli istiqbollari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxlari oshishi bilan bog‘liq. Uzoq muddatli istiqbolda yiliga 20 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yangi oyna ishlab chiqarish liniyasini qurish bilan bog‘liq (hozirgiga qaraganda deyarli uch baravar ko‘p). Loyiha o‘z mablag‘lari hisobidan 28,7 million AQSh dollari miqdorida, shuningdek, “Asakabank”ning 41,5 million dollar miqdoridagi krediti va Amerikaning JP Morgan (36 million yevro) kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.
O‘zbekistonliklar 2018-yilda “Kvarts” AJ aksiyalariga mablag‘ qo‘yib daromad oldilar. Aksiyalar investorlarga birlamchi joylashtirish o‘rtacha narxidan yillik 100% daromad keltirdi: 2018-yil oxirida ularning qiymati 83% ga oshdi, dividend esa 27% ni tashkil qildi.
“Kvarts” AJ aksiyalarini yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, chet el investorlari sotib olishlari mumkin.
“Freedom Finance” MCHJ XK mutaxassislari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ko‘magida o‘tkazadigan investorlar bilan uchrashuvlar (road-shou) aholiga qimmatli qog‘ozlar orqali pul topish imkoniyatlarini va fond bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishiga yordam beradi.
Ushbu sessiyalar O‘zbekistonning 15 ta: Toshkent, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Navoiy, Nukus, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Zarafshon, Jizzax, Qo‘qon, Olmaliq, Bekobod, Urganch shaharlarida bolib o‘tadi va ularga 10 mingdan ortiq odam tashrif buyuradi.
Road-shou jadvali bilan www.ffin.uz saytida tanishish mumkin. Ishtirok etish bepul.
“Freedom Finance” MChJ XK orqali “Kvarts” AJning SPO qatnashish uchun ariza topshirgan sarmoyadorlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Toshkent shahridagi “Parkent Plaza” turar joy majmuasida ikki xonali kvartirani yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Kvarts” AJning aksiyalari va kvartira haqidagi batafsil ma’lumotni 1135 qisqa raqam (qo‘ng‘iroq barcha aloqa operatorlari tomonidan bepul) va ffin.uz/spokvarts orqali olish mumkin.
Izoh: Qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga egalik qilish har doim tavakkallar bilan bog‘liq: qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning qiymati o‘sishi ham, tushib ketishi ham mumkin. O‘tmishdagi investitsiya qilish natijalari kelgusida daromad olish kafolati hisoblanmaydi. Kompaniya kelgusida qo‘yilmalarning daromadli bo‘lishini kafolatlamaydi va buni va’da qilmaydi, ehtimoliy investitsiyalar ishonchli bo‘lishini va ehtimoliy daromadlar miqdorining barqarorligini kafolatlamaydi. Investitsiya obyekti sifatida qimmatli qog‘ozlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari investorning tavakkalchiligi hisoblanadi.
Источник
O‘zbekistonda 20 mln so‘mni qayerga kiritish mumkin?
Yuqori inflyatsiya sharoitlarida mablag‘larni qanday saqlash va ko‘paytirish mumkin. Tadbirkor, biznes-tahlilchi va pul bozori mutaxassisi o‘z fikrlari va maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Spot biznes va moliya sohasi ekspertlari bilan birgalikda hozirgi sharoitlarda qanday qilib o‘z mablag‘larini saqlabgina qolmay, balki ko‘paytirish ham mumkinligi haqida so‘z yuritadi.
Milliy valyutadagi pullarni to‘shak ostida saqlash unchalik ham to‘g‘ri qaror emas. Inflyatsiyani hisobga olganda ular yiliga kamida 10%ga qadrsizlanadi. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun imkoniyatli investitsiyalashtirish instrumentlar — bank omonatlari, qimmatli qog‘ozlar, esdalik tangalari, biznesdagi ulushlar hisoblanadi.
Mos instrumentni tanlashda ko‘plab nozik jihatlarni hisobga olish lozim. Eng keng tarqalgan tavsiya — investitsiya portfeli diversifikatsiyasi. Yuqori tavakkalli (ammo daromadli) va ishonchli (biroq kam daromadli) mablag‘larni birinchisi tavakkalini ikkinchi mablag‘lardan olinadigan barqaror daromad hisobiga qoplash uchun birga qo‘shish lozim.
Eng avvalo har qanday kiritilgan mablag‘da muayyan tavakkal, xatar bo‘ladi. Bundan hech nima istisno emas. Buning ustiga xatar nafaqat ochiq, balki yashirin ham bo‘ladi. Shuni ham tushunish lozimki, tavakkal va daromadlilik bir-biri bilan yonma-yon yuradi, mos ravishda tavakkal qancha yuqori bo‘lsa, daromad ham shuncha ko‘p bo‘ladi va buning aksi ham.
Ikkinchi jihat har qanday mablag‘ kiritish oldidan javob berish lozim bo‘lgan savolda aks etadi: “Maqsad nima — mablag‘ni ko‘paytirishmi yoki saqlash?” Birinchi holatda mablag‘ni aksiya yoki biznesga, ikkinchi holatda xorijiy valyuta, zargarlik buyumlari, MB esdalik tangalari sotib olish, shuningdek bankka qo‘yish to‘g‘ri qaror bo‘ladi.
Pulni bankka qo‘yish
Mablag‘ to‘plashning birmuncha ishonchli va kam daromadli yo‘li. Banklar depozitga asosan so‘m va AQSh dollarini qabul qiladi. So‘m uchun eng yuqori foiz 24%ni, amerika valyutasidagi ulushlar bo‘yicha 8%ni tashkil qiladi.
Depozit muddati qancha kam bo‘lsa, uning daromadliligi ham shuncha kam bo‘ladi. OTB prognozi bo‘yicha bu yil 16%ni, 2020 yili -14% ni tashkil qiladigan inflyatsiyaga tuzatish bilan daromadlilik yiliga 9% yoki 1,8 mln so‘mdan iborat bo‘ladi (20 mln so‘m kiritilgan sharoitda).
So‘mning devalvatsiyasini hisobga olish lozim, negaki milliy valyuta kursi o‘zgarishini avvaldan aytish mumkin emas. 2018 yili so‘m dollarga nisbtan 2,5% ga, joriy yil boshidan esa12% ga arzonlashdi. Mana bir necha foydali takliflar:
Банк
Foiz stavkasi
Muddat
Мin. badal
Bir yil davomidagi foyda*
* Inflyatsiya hisobga olinmaganda
Uzoq muddatli omonatlar yaqin ikki yillarda yirik xarid qilishni rejalashtirmaydiganlarga to‘g‘ri keladi, chunki omonatni muddatidan avval olayotganda banklarning aksariyati pulni saqlash vaqti uchun to‘langan asosiy summadan foiz olib qoladi.
Dollar depozitlarning foiz stavkasi birmuncha past — o‘rtacha 6%. Bu Amerika valyutasi ancha barqaror va inflyatsiyaga kam tushgani uchundir.
7% lik eng yuqori stavkani bir yo‘la yettita bank taklif etadi. Muddat — ikki yildan to‘rt yilgacha, eng kam badal — 100 $dan 1000 $gacha. O‘rtacha 2000 $dan kelib chiqqanda yiliga 140 $ daromad olish mumkin. Yevrodagi omonatlarni faqat ikkita bankda ochish mumkin. Uning foiz stavkasi- yiliga 2%.
Qonunchilikka ko‘ra, agar bank bilan muammolar yuzaga kelsa, masalan, u litsenziyadan mahrum etilsa, Fuqarolarning banklardagi mablag‘larini kafolatlash fondi omonat mablag‘ni to‘la hajmda to‘lab beradi. Mablag‘larni bankka qo‘yishning ishonchliligi ana shu bilan izohlanadi.
“Agar mablag‘ni bankka qo‘yishdan maqsad uni odatdagicha saqlash bo‘lsa, xorijiy valyuta sotib olish va uni omonatga yo‘naltirish eng yaxshi yo‘l hisoblanadi. Albatta, pulni so‘m depozitida qo‘yish ham mumkin, biroq bu o‘rinda bir narsaga e’tiborli bo‘lish va narx-navoning o‘sishi hamda milliy valyuta qadrsizlanishi dinamikasini hisobga olish darkor. Agar hatto foiz stavkasi so‘m depoziti bo‘yicha bu ikki parametrdan ustun bo‘lsa-da, hech kim yaqin vaqt ichida narxlar oshmaydi va dollar kursi sakrashi yuz bermaydi, deb kafolat bera olmaydi. Aktivlarni omonat qo‘yish faqat uzoq vaqtdan keyin — aytaylik, besh-yetti yil o‘tgachgina foyda (jamg‘arilgan) keltiradi. Bunda pul omonatlarini yo‘qotish xavfi kamroq bo‘ladi”, — deb ta’kidladi Magamed Javarov.
Aksiya sotib olish
Umuman olganda O‘zekistonda bu bozor hozircha juda kichik. Birjada sotilayotgan barcha aksiyalar orasida nolikvidlari ko‘p (ya’ni ularni sotish qiyin, demak, investor istagan vaqtida kiritilgan mablag‘ni qaytarib ololmaydi).
Aksiyaga investitsiya kiritishni sekin-asta boshlash lozim va hech qachon o‘zingizning hamma jamg‘armalaringizni bunga yo‘naltirmang.
Bugun aksiyaga muvaffaqiyatli kiritilgan mablag‘ investitsiyalashning eng qiziqarli va daromadli turlaridan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u xatto iyun oyidan 9,5% o‘sgan, bundan bir yil avval 19,8% arzon bo‘lgan AQSh dollari sotib olishdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi.
Masalan, menga investitsiya uchun qiziqarli bo‘lib ko‘ringan o‘nta kompaniyadan iborat to‘plam (ular pastroqda jadvalda ko‘rsatilgan) bir yil ichida olingan dividendlarni hisobga olmaganda ikki baravar o‘sdi. Dividendlar ham 20% dan oshdi.
O‘sishning mutlaq yetakchilari orasida “O‘zbekkimyomash” zavodi aksiyalari bor, zavodning 2019 yilgi tashvishli moliyaviy ko‘rsatgichlariga qaramay ularning narxi qariyb 5,8 baravar oshdi, umid qilamanki, O‘zbekiston neft gaz sektoridagi islohotlar yakuniga yetishi bilan zavodning ahvolida o‘zgarish bo‘ladi.
“O‘zbekko‘mir”, “O‘zmetkombinat” aksiyalari, Olmaliq TMKning imtiyozli aksiyalari ham ikki baravardan ziyod o‘sdi. Bu xildagi portfel aksiyalari narxining eng kam o‘sishi 40%ni tashkil qiladi.
Tabiiyki, aksiyalar bozori investitsiya uchun eng tavakkalli sektorlardan hisoblanadi, shuning uchun mablag‘ kiritish borasida birmuncha bilim-tajribaga hamda o‘z oilasining moliyaviy ahvoliga zarar keltirmaydigan hajmdagi mablag‘ga ega bo‘lgan investorlar bu ishga pul kiritishlari lozim.
Umuman, men tajribasiz va professional bo‘lmagan investorlarga aksiyalar bozoriga o‘z mablag‘larini faol kiritishlarini tavsiya etmayman negaki bu u yoki bu korporativ voqeaga doimiy diqqat va e’tiborni, aksiyalar bahosidagi ehtimol tutilgan o‘zgarishlardagi yangiliklarni talqin qilish qobiliyati va boshqalarni talab etadi.
Shunday qilib, aksiyaga 20 mln so‘m kiritib, bir yil davomida sarmoyani ikki baravar oshirish va 41 mln.dan ortiq mablag‘ olish mumkin.
Aksiyalar
8/16/2018
8/16/2019
O‘sish
Daromad*
TKVK (Toshkentvino kombinati)
KYEZ (Kogon Yog’-Ekstraksiya zavodi)
* Umumiy hajmi 20 mln so‘mga har bir aksiyadan 60 dona sotib olgan taqdirda.
Oltin olish
Tilla — barqaror aktiv, va bu uning asosiy ustunligi. Ayni shuning uchun ham jamg‘arilgan pullarga esdalik tangalar sotib olish sarmoyani ko‘paytirishga qaraganda pullarning qadri saqlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Xatto milliy bo‘lganidek, erkin konvertlangan valyutalar ham tanazzulga yuz tutganda ayni oltin muqobil variant bo‘lib chiqadi va unga eng yuqori darajada talab bo‘ladi.
Uzoq muddatli istiqbolda esdalik tangalar jamg‘arilgan mablag‘ni saqlash va uni qadrsizlanish hamda xorijiy valyutaning bozordagi o‘zgarishlaridan himoyalashning eng yaxshi instrumenti bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holatda oltin tangalarga kiritilgan investitsiyadan olingan potensial foyda 7−10 yillardan keyin ko‘rinishi mumkin.
Bir yildan kamroq vaqt ichida bitta oltin tanga narxi 10%ga oshdi (12,7 mln so‘mdan 14,4 mln.gacha). Shunday qilib, bitta oltin tangadan o‘tgan sakkiz oy ichida 1,2 mln so‘m ishlab olish mumkin. Esdalik tangalarni bankga qayta sotsa ham bo‘ladi. Bunda shuni unutmaslik kerakki, tangalar alohida qarashni talab etadi, negaki, uning yuzasida shikastlarning paydo bo‘lishi tanganing narxini pasaytirib yuborishi mumkin.
“Markaziy bank oltin tangalarning tannarhiga bir oylar avval qo‘ygan qo‘shimcha narx (300$ atrofida) bilan qiyoslaganda, bugun qo‘shimcha narx birmuncha kamroq — 3,2%, yoki 40−45$. MB oltin tangalarni metallning o‘z qiymatidan birmuncha qimmatroq sotadi, biroq kichik vaqt oralig‘ida xatto oltin kotirovkalari oshganida ham sotish narhi birjanikidan biroz pastroq bo‘ladi, investor daromad olishi mumkin. Kumushdan ishlangan tangalar masalasida esa vaziyat juda yaxshi, Ularning tannarhiga qo‘shilgan qo‘shimcha narh deyarli 100%ni tashkil etadi, — deydi Magamed Javarov.
O‘zbekiston banklarida 300 dan kamroq tanga qolganini hisobga olganda, qimmatli metallar investitsiyasi sifatida zargarlik buyumlarini sotib olish masalasini ham ko‘rib chiqish mumkin. Bunda qimmatli metallarning sifatiga ishonch hosil qilish zarur, deydi Javarov.
Bundan tashqari investorga pastroq namunadagi oltinni sotishlari mumkinligi, yana insofsiz ishlab chiqaruvchilar buyumning qimmatini pasaytiradigan qalin qirrali toshlar ishlatib uning vaznini og‘irlashtirishlari mumkin.
“Agar investiya uchun 20 mln so‘m bo‘lsa, albatta, yaxshisi ularni esdalik tangalarga kiritgan ma’qul. Ular yuqori 999,9 namunali toza metalldan tayyorlanadi, zargarlik buyumlari esa odatda 583, 585 yoki 750 namunadagi tillalardan ishlanadi. Agar jamg‘arilgan mablag‘ kamroq bo‘lsa, 3 gramm va undan ko‘proq og‘irlikdagi zararlik buyumlari sotib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda agar investor o‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholab, valyuta yoki qimmatli metallardan tayyorlangan buyumlar (tanga, zargarlik buyumlari) bilan savdolashishga kirishsa, ular litsenziyalangan faoliyat turi bo‘lgani uchun ma’muriy va jinoiy qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilish xavfi ham bor”, — ta’kidladi Leverage tahlilchisi.
Biznesga kiritish
Tayyor biznesni e’lonlar servislarida sotib olish mumkin. 20 mln so‘m Samarqandda sartaroshxona, Toshkentda kosmetika do‘koni yoki to‘y liboslari saloni, Namanganda o‘yin klubi va xatto mini-golf uchun qurilma sotib olish uchun yetadi. O‘sha vaqtda eng yuqori daromad keltirishi mumkin bo‘lgan biznesni xarid qilish -eng tavakkal instrument. Biroq tayyor biznesga mablag‘ kiritish investordan marketing, savdo-sotiqda bilim-ko‘nikma, savodli biznes-reja tuzish qobiliyatini talab etadi.
Xatto mulk egasi barqaror biznesni sotganda ham, bozorda, qonunchilikda kompaniya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bo‘lgan o‘zgarishlar hamisha yuz berishi mumkin. Bundan tashqari biznes yuritish ko‘p vaqtni oladi, qo‘shimcha investitsiyalar talab qiladi.
Torg.uz (hozir OLX.uz) va MyWay kasbiy yo‘nalish markazi asoschisi
20 mln so‘m investiya uchun u qadar katta mablag‘ emas. Xatto kichik biznesni boshlash uchun ham yetmay qolishi mumkin.
Agar biznes to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, unda bu summani kiritish uchun yagona yo‘l — referal yoki advice marketing deb ataluvchi faoliyat. Faoliyatning bu turini ko‘pincha tarmoqli marketing deb atashadi, biroq mening nazarimda, unga advice (“maslahat”) so‘zi ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Odamlar o‘z mukofotlarini olgan holda boshqa odamlarga mahsulot yoki xizmatlar tavsiya qiladilar. An’anaviy kompaniyalar reklamaga, sotuvchilarning katta shtatlariga, menejerlarga, magazinlar ijarasi va boshqa ishlarga sarflaydigan katta mablag‘lar bu biznesda distribyutorlik tarmoqlari to‘lovlariga ketadi.
Shu bilan birga qanchadir mablag‘ kiritib, o‘z distribyutorlik tarmoqlarini tashkil etish, vaqt va resurslarni mustaqil sarflash mumkin. Albatta, “piramida»ga yo‘liqish va jamg‘arilgan pullarni yo‘qotish xavfi ham bor.
Bundan qochish uchun kompaniyani, mahsulot va marketing rejani sinchiklab o‘rganish lozim. Kompaniya sotayotgan mahsulot sifatli va foydali bo‘lishi, asosiysi, bu mahsulotning narxi oshirilmagan bo‘lishi kerak.
Dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni qamrab olgan bu biznesda milliardlab dollar topayotgan o‘n minglab kompaniyalar ishlaydi. Masalan, Amwayv kompaniyasining aylanmasi 2018 yili 8,6 mlrd $ni tashkil qildi.
Ekspertlar bo‘sh mablag‘larini qayerga kiritgan bo‘lardilar?
Albatta aksiyalarga. Agar men o‘zim unga kiritishga tayyor bo‘lmaganimda nimanidir tavsiya qilarmidim?
Aksiya olishning afzalligi bo‘yicha o‘z fikrlarimni aytaman. Nima bo‘lganda ham dividend shaklidagi daromad xatto dividend solig‘ini to‘lash lozimligini hisobga olgan taqdirda ham bankka qo‘yilgan omonat bo‘yicha foizga qaraganda yuqori bo‘ladi. Biroq bu agar shaxsiy jamg‘armalarni ko‘paytirish to‘g‘risida so‘z borganda. Agar daromadlarni saqlash va ularni inflyatsiya ta’siri hamda milliy valyuta qadrsizlanishidan himoyalash haqidagi masala bo‘lsa, unda zargarlik buyumlarini tanlagan ma’qul, deb o‘ylayman.
Ha, “hamma tuxumni bir savatda saqlab bo‘lmaganidek”, diversifikatsiyani hech kim bekor qilgani yo‘q. Bir necha daromadli instrumentlarga mablag‘ kiritib, tavakkalni taqsimlaysiz. Bunday yondashuv barcha yo‘nalishda tavakkal darrov ko‘rinmasligidan kelib chiqadi.
Mustaqil bilim olish. Shaxsiy rivojlanishdagi investitsiyalar — bu pulni foydali kiritish hisoblanadi. Ayniqsa, agar olingan bilim va tajriba tufayli manfaatli ish bilan shug‘ullanib, ko‘proq pul ishlash mumkin bo‘lganda. Masalan, sizni fotosurat qiziqtirdi deylik. Kursda o‘qish, to‘g‘ri suratga olishni o‘rganish, fotoapparat sotib olish (to‘g‘ri, hozir yaxshi kameralar qimmat turishi mumkin) va sizga yaxshi daromad keltirishi mumkin bo‘lgan yangi kasb egasi bo‘lish mumkin. Agar bu, masalan, 1,5 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ bo‘lsa, unda kiritilgan pul bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida qoplanadi.
Ehtimol 20 mln so‘mni ko‘paytirishning boshqa yo‘llari ham bo‘lishi mumkin. Asosiysi — investitsiyalashga ongli ravishda, vaziyatni rivojlantirishning turli yo‘llarini yaxshi o‘ylagan holda yondashishdir.
Siz o‘zingiz bu haqda qanday fikrdasiz? Ortiqcha 20 mln so‘mni qaysi yo‘nalishga kiritgan bo‘lardingiz? Sharhlarda yozing.
Источник