Apple aksiyasini sotib olish

Apple aksiyasini sotib olish

Azon News’ning «Savol-javob» loyihasida «Islom moliyasi va halol tijorat» mavzusida suhbat tashkil etildi. Unda «Islom moliyasi» loyihasi mualliflari – Xondamir Nusratxo‘jayev va Muzaffar Husniddinovlar islom moliyasiga oid ko‘plab savollarga javob berishdi.

– O‘zbekistonda islom banklari ochilishi nima sababdan ortga surilyapti? Islom banklaridan shartnoma bilan mablag‘ olish mumkinmi, agar iloji bo‘lsa, qanday shartlarda?

Muzaffar Husniddinov:

– O‘zbekistonda islom banki ochilishi uchun hali qonuniy asos mavjud emas. Lekin bu sohada ish ketyapti deb bilamiz. Ya’ni ikki yil oldin bu sohada prezident qarori loyihasi ham muhokamaga qo‘yilgandi, lekin qaror qabul qilinmadi. Yaqinda Markaziy bank raisi 8ta bankda islom darchalari ochish bo‘yicha ish olib borilayotgani haqida aytib o‘tdi.

Lekin bularning barchasi islom bankining to‘liq faoliyati uchun hali yetarli emas. Islom banki faoliyat boshlashi uchun qonuniy asos mavjud bo‘lishi kerak. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan bu qonunlar yaratilsa, nazorat qiluvchi organ tayin qilinsa (bu Markaziy bank bo‘ladimi, muayyan funksiyalar Moliya vazirligiga topshiriladimi), soliq masalalari ko‘rib chiqilganidan keyin islom banklari faoliyat boshlashi mumkin bo‘ladi.

Hozirda amaliy jarayonlardan biri – Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan Islom taraqqiyot banki ko‘magida Islom qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekistonda chiqarish bo‘yicha qonuniy asos ishlab chiqilyapti, degan xabarlar mavjud.

O‘zbekistondagi tijoratchilar qanday qilib Islom bankining mablag‘lariga murojaat qilishlari mumkin, degan savolga javob tariqasida shuni aytamizki, tadbirkorlar yoki korxonalar Islom taraqqiyot bankiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila olmaydi. Chunki bu taraqqiyot banki hamda mazkur bank davlatlar, hukumatlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Lekin ushbu bank tizimidagi boshqa tashkilotlar – Xususiy sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasi, Xalqaro savdoni rivojlantirish islom tashkiloti bor. Mana shu tashkilotlar O‘zbekistonning tijorat banklariga muayyan moliyaviy resurs ajratadi. Bizning banklar u tashkilotlarning vakili sifatida mablag‘larni kimlar olishi mumkinligi, ularning biznes rejasi, moliyaviy tahlilini amalga oshirib, Islom taraqqiyot bankining ushbu tashkilotlariga taqdim etadi. Mana shu banklarning resurslari mavjud.

Hozirda aynan qaysi banklarda mavjudligini bilmaymiz, lekin bizning islommoliyasi.uz saytimizdagi yangiliklar kuzatib borilsa, qaysi banklar bilan faoliyat olib borilgani ma’lum bo‘ladi.

Xususan, o‘tgan yili Turon bank, Asia alliance bank, Trastbank, yana bir qancha boshqa banklarda mana shu korporatsiyalarning resurslari mavjud edi. Hozirgi kundagi ma’lumotlardan xabarim yo‘q. Lekin mana shu banklarga murojaat qilish mumkin.

– Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar va aksiya masalasi qanday hal qilinadi?

Muzaffar Husniddinov:

– Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar va aksiya masalasi o‘zbekistonlik o‘quvchilarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollardan biri. Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar bilan oldi-sotdi qilish ruxsat etilgan, joiz amaliyotlardan. Sababi, aksiyalar – korxonalardagi ulushni belgilaydigan hujjat hisoblanadi. Lekin hamma korxonalarning ham aksiyalarini oldi-sotdi qilish mumkin emas.

Birinchi tamoyil bu – korxona faoliyati islom talablariga javob berishi kerak. Ya’ni spirtli ichimliklar, qurol-yarog‘ ishlab chiqarish yoki buzuq o‘yin-kulgu sohalari bo‘lmasligi kerak. Bu talabga javob beradigan bo‘lsa, yana bir qancha keyingi talablar bor. Korxonaning moliyaviy hisobotini o‘rganib chiqish orqali bu talablarga javob berish-bermasligini aniqlash mumkin. Xususan, korxonaning qarz mablag‘lari muayyan manbadan olingan bo‘ladi. Bu korxona, kapital egalari mablag‘lari hamda qarz mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Qarz mablag‘lari foizli qarz mablag‘lari bo‘lmasligi kerak. Zamonaviy ulamolarimiz aytadigan koeffitsiyent – korxonaga bank krediti, obligatsiyalar yoki depozit sertifikatlari kabi manbalar orqali pul jalb qilingan bo‘lsa, mana shu mablag‘larning umumiy aktivlarga nisbatan qiymati 33 foizdan oshsa, bu korxonaning aksiyalarini sotib olish mumkin emas, deyiladi.

Shunga o‘xshash yana 2-3ta koeffitsiyentlar bor. Yuz foiz «toza» korxonani topish qiyin. Xususan, Amerika birjalarida. Baribir shubhali daromadlari bo‘lishi mumkin. Mana shu shubhali daromadlarning ulushi jami daromadlarning besh foizidan oshmasligi kerak. Agar siz ana shunday korxona aksiyasini sotib olsangiz, masalan, uning uch foiz daromadi shubhali bo‘lsa, o‘sha korxonadan olgan daromadingizning uch foizini sadaqa qilib yuborishingizga to‘g‘ri keladi.

Yana boshqa talablar bor. Korxona spekulyativ korxona emasligini isbotlashi uchun uning uzoq muddatli aktivlari 75 foizdan yuqori bo‘lishi kerak, deyiladi. Ya’ni 75 foiz aktivlari pul va uning ekvivalentlari bo‘lmasligi kerak. Shunga o‘xshash talablar bor.

Читайте также:  Сбой отправки сообщения iphone маил сервер отклонил

Bularning hammasi fond bozorida amalga oshiriladigan ishlar. Fond bozorida yana obligatsiyalar savdosi amalga oshiriladi. Islom moliyasida an’anaviy obligatsiyalar oldi-sotdisi joiz emas. Qoidalardan yana biri – aksiyalar savdosida uzun va qisqa pozitsiyalar bo‘ladi. Qisqa pozitsiya qilish ham mumkin emas. Chunki bunda aksiyalar qarzga olinib, keyin narxi tushgan vaqtda birovga sotib yuboriladi. Islom moliyasi qoidasiga ko‘ra, birovdan qarzga olingan narsani sotish mumkin emas.

Источник

Aksiyalarning halol va haromligini qanday bilish mumkin.

Islom moliyasida qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar bilan oldi-sotdi qilish ruxsat etilgan, joiz amaliyotlardan.

Sababi, aksiyalar – korxonalardagi ulushni belgilaydigan hujjat hisoblanadi. Lekin hamma korxonalarning ham aksiyalarini oldi-sotdi qilish mumkin emas. Sizlarga qanday hollarda korxonaning aksiyalari bilan oldi-sotdi qilish mumkinligi haqida quyida tushuntirib o’tamiz:

Eng birinchi bo’lib, korxonaning faoliyati islom talablariga asosat yuritilishi kerak. Ya’ni spirtli ichimliklar, qurol-yarog‘ ishlab chiqarish yoki buzuq o‘yin-kulgu sohalari bo‘lmasligi kerak. Agarda mana shu talablarga korxona javob beradigan bo’lsa, yana bir nechta keyingi talablariga ham javob berishi shart. Bunda korxonaning qarz mablag’lari qaysidir manbaadan olingan bo’ladi va bunda qarz mablag’lari foizli va foizsiz bo’lishini bilamiz. Endi asosiy qismga o’tsak, siz aksiyasini sotib olayotgan korxonangizga bank krediti, obligatsiyalar va deposit sertifikatlar kabi manbaalardan pul jalb qilingan bo’lsa, bunda shu mablag’larning korxonaning jami aktivlariga nisbati 33% dan oshsa, bu korxonaning aksiyalarini sotib olish mumkin emas deyilgan.

Yana bir eslatma! Hozirda yuz foiz toza korxonani topish qiyin albatta, ayniqsa xorijiy kompaniyalarning manbaasi noma’lum joylardan ham keladigan mablag’lari mavjud.Korxonalarning siz shubhalanayotgan daromadlari jami daromadining 5% idan ortiq bo’lmasligi joiz. Bunda sizda ushbu korxonaning aksiyasi yoki boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olishda shubhangiz bo’lsa, siz korxonaning shubhali daromadi 4% bo’lsa-yu, bu korxona aksiyasidan daromad olsangiz, shu daromadning 4% ini ehson tariqasida sadaqa qilishingizga to’g’ri keladi.

Yana bir muhim eslatma! Islomda aksiyalarni sotib olib qisqa muddatda sotish nojoizdir, chunki bunda aksiyalar qarzga olinib aksiya narxi tushgan vaqtda boshqa kishiga sotib yuboriladi.

Shu o’rinda bir savol javobni ham e’tiboringizga havola etamiz:

  • Aksiyador bo’lish va foyda/dividend olish halolmi? Aksiyadorlik ya’ni bir kompaniyaga pul berib ma’lum foizga o’sha kompaniyaning egasi bo’laman. Masalan, kompaniyani boshlashdadi 25% pulini men bergan bo’lsam, foydani ham oxirida 25% olaman. Shu olgan pulim halolmi(foizi teng, lekin miqdori harxil bo’lsa ham)?

Javob:

  • Bu ish va undan kelgan foyda halol. Faqat qilinadigan ish ham halol bo’lsa boldi.

(SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)

Источник

Qanday qilib aksiya sotib olish mumkin?

Birinchi navbatda, ikki muhim narsaga diqqat qilishingizni istardik:

  1. Agar sizda yetarlicha bilim va tajriba bo’lmasa, avval investitsiyaga oid bilimingizni oshirishni tavsiya qilamiz. Maqola faqat ma’lumot berish maqsadida tayyorlandi; unda ko’rsatilgan fikrlarni moliyaviy maslahat deb qabul qilmang.
  2. Kompaniya aksiyasiga investitsiya qilish va undan dividend olish halolmi?

“Bu ish va undan kelgan foyda halol. Faqat qilinadigan ish ham halol bo’lsa bo’ldi.” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. Manba.

Kompaniya aksiyasini sotib olish, bu kompaniyaning bir qismiga egalik qilish degani. Aksiyaga investitsiya qilish — ribo emas. Aksiyadan oladigan daromadingiz kompaniya qanchalik daromad ko’rishiga bog’liq. Ya’ni, kompaniya daromadlari ko’paygani sari aksiyaning qiymati va sizning foydangiz ortib boradi yoki aksincha. Rahmatli shayx ustozimiz aytganlaridek, muhimi, kompaniya halol faoliyat bilan shug’ullanishi kerak.

Qimmatli qog’ozlarga, xususan aksiyaga, investitsiya kiritish — boylik orttirishning va moliyaviy mustaqilikka erishishning eng samarali usullaridan biri. Dunyoning deyarli barcha boy kishilari investitsiya portfelida aksiyalar o’rin olgan. Shuningdek, yoshligidan aksiya olib-sotib millionerga aylangan va 30 yoshida pensiyaga chiqqanlar ham bir qancha. Lekin investitsiya siz uchun yangi soha bo’lsa, juda chalkash va murakkab bo’lib ko’rinishi mumkin. Fond birjasi haqida yetarli ma’lumotga ega bo’lmaslik oqibatida sarmoyangizning katta qismini yoki hammasini bir zumda yo’qotishingiz mumkin. Shuning uchun, investitsiya qilish asoslarini o’rganish juda muhim. Qanday bilimlarni egallash kerakligini asta-sekin tanishtirib boramiz. Bitta maqolada hamma narsa haqida ma’lumot berishning imkoni yo’q. Qolaversa, bu maqolaning asosiy qismi AQShdan boshqa davlatda yashayotgan yurtdoshlarimiz qanday qilib AQSh aksiyalarini sotib olishga bag’ishlangan. Hozir shu bilan tanishib chiqsak.

Aksiya sotib olish tartibi: hisob raqam ochish

AQSh kompaniyalarining aksiyasini sotib olish uchun AQSh qonunchiligi bilan nazorat qilinadigan Brokerlik firmalaridan hisob raqam ochishingiz kerak. Agar siz AQShda yashasangiz, ko’plab brokerlar yoki banklar orqali hisob raqam ochishingiz mumkin. Charles Schwab, Fidelity, TD Ameritrade kabi brokerlik kompaniyalar shular jumlasidan. Lekin AQShdan boshqa davlatda istiqomat qilsangiz, bunday kompaniyalar soni cheklangan. Ayniqsa, O’zbekistonda sanoqli brokerlik firmalarining xizmatidan foydalana olasiz. Hozirda siz yashayotgan mamlakat nomini quyidagi link orqali kiritsangiz, qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish mumkinligini tezda ko’rishingiz mumkin:

Читайте также:  Как следить за местоположением андроид с айфона


Qayerda aksiya sotib olish mumkin? Brokerlarni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

  • Qonuniy ro’yxatdan o’tganligi va davlat tomonidan nazorat qilinishini tekshiring. AQShda brokerlik faoliyati bilan shugullanish uchun, broker FINRA (The Financial Industry Regulatory Authority) va SEC (Securities and Exchange Commission)dan ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak. Shuningdek, brokerlik faoliyati sug’urta qilingan bo’lishi zarur. Agar bankrot bo’lsa, mijozlar pulini qaytarib olishi uchun. Asosan, SIPC (Securities Investor Protection Corporation) va FDIC (Federal Deposit Insurance Corporation) brokerlar faoliyatini sug’urtalaydi.
  • Siz yashaydigan joyda xizmat turi mavjudligini tekshiring. Broker firmalarining saytida xizmat ko’rsatadigan mamlakatlar ro’yxati odatda bo’ladi. Agar topa olmasangiz yoki double-check qilishni xohlasangiz, o’zingiz email/telefon orqali bog’lanib ko’ring.

Firstrade brokerlik firmasining email javobi.
Brokerlik xizmatlari uchun to’lovlar miqdoriga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar hisob raqam ochish uchun ham minimal summa talab qiladi. Shuningdek, mahsulot turiga qarab har bir savdo yoki shartnoma uchun xizmat haqi mavjud.

TD Ameritrade va Fidelity brokerlik xizmat haqlari.

  • Savdo qilish mumkin bo’lgan mahsulotlarga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar orqali kripto savdosini qilib bo’lmaydi, ba’zilarida esa Forex yo’q. Siz qanday turdagi birja mahsulotiga investitsiya qilmoqchi bo’lsangiz, broker orqali buni qila olasizmi tekshirib ko’ring.
  • Savdo platformasi va interfeys ham muhim ahamiyatga ega. Broker sayti yoki ilovasi bozor tadqiqotlarini amalga oshirish uchun resurslar bilan ta’minlangan bo’lsa yaxshi foydasi tegadi. Agar aksiyalarning bozor qiymati tez yangilanib turmasa, kerakli moliyaviy ko’rsatkichlarni osongina topa olmasangiz, yoki to’lovni amalga oshirishda sayt qotib qolaversa, kayfiyatingiz va ish samarodligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • O’zbekistonda qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish va aksiya sotib olish mumkin?

    Quyidagi brokerlar orqali AQSh aksiya bozorida savdo qilishingiz mumkin.

    O’zbekistonda foydalanish mumkin bo’lgan brokerlar ichida, ushbu brokerlarni eng yaxshi onlayn brokerlar deyish mumkin. Bu brokerlar ancha yillardan beri faoliyat yuritib keladi, qonuniy ro’yxatdan o’tgan va ishonchli. Kerakli hujjatlarni taqdim qilib, hisob raqamni onlayn ochishingiz mumkin. Hisob raqam ochib, unga pul o’tkazgandan keyin aksiyalarni o’zingiz onlayn savdo qila olasiz.

    Agar aksiyalar savdosi bilan jiddiy shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, hisob raqam ochishdan oldin brokerlarni yaxshilab taqqoslab ko’ring. Shoshilmasdan, birinchi yaxshilab o’rganing. Xitoylarda bir maqol bor, “Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt 20 yil oldin edi. Ikkinchi eng yaxshi vaqt esa hozir.” Huddi shu kabi, biror kompaniyaning aksiyasiga oldinroq investitsiya qilib qo’ymabmanda deb o’ylanish kerak emas. Yaxshi kompaniya aksiyasini arzon sotib olish uchun imkoniyat doim bo’ladi. Siz bu imkoniyatni hozirdan yaratishingiz mumkin: investitsiya haqida o’qishni boshlang.

    Savollaringiz bo’lsa izoh orqali qoldiring.

    Ma’lumot uplift telegram kanalidan olindi.

    Источник

    O’ZBEKISTONDAGI KOMPANIYALAR AKTSIYALARINI QANDAY SOTIB OLISH MUMKIN?

    O’tgan yili O’zbekiston iqtisodiyotida fond bozorini o’rganganda, uning shakllanish bosqichida edi. Yil davomida respublikaning birja bozori nafaqat ko’tarilib, balki ulkan sakrashni amalga oshirdi va bu davlatni ijobiy natijalarga olib keldi. 2019 yil ma’lumotlariga ko’ra, 99 emitentning 8,11 mlrd qimmatli qog’ozlari bilan 438,82 mlrd. so’mlik 32 816 ta bitim qayd etildi. 2019 yil dekabr oyi oxirida fond bozorining kapitallashuvi 52,3 trln. sumni tashkil etgan. Ushbu birja bitimlari respublika iqtisodiyoti tarixida birinchi marta kuzatildi va odatdagi statistik qiymatdan o’nlab marta oshib ketdi. Ushbu dalillarning barchasi aholi o’z pullari va aktsiyalarini ushbu sohaga sarflashga qiziqishi va tayyorligi haqida xulosa qilishga imkon beradi.

    Ikkita yirik sanoat ishlab chiqaruvchilari ikkita ommaviy takliflarni (Kvarts AJdan SPO va «Jizzax Plastmassa» dan IPO). «SPO Kvars» obuna kampaniyasi natijasida 15,81 milliard so’mlik 2152 bitimlar tuzildi. Bu respublika fond bozoriga qiziqishining ham, ishining ham muhim ko’rsatkichidir.Kelajakda 2021 yilda IPO va SPO savdolarini o’tkazish rejalashtirilgan.

    Qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishini qanday qilib to’g’ri muvofiqlashtirishni va qaerdan boshlashni tushunish uchun OBI Broker savdo-sotiqni qanday boshlash kerakligi, nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, tuzoqlarga tushib qolmaslik va algoritmdagi xatolardan saqlanish haqida ma’lumot beradi.

    Qimmatli qog’ozlar bozorini shakllanishi uchun asos.

    Aktsiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish to’g’ridan-to’g’ri emas, balki xaridor va sotuvchi o’rtasida vositachi orqali amalga oshiriladi. Bunday shaxslar brokerlar deb ataladi. Shunday qilib, fond bozorining muvaffaqiyatli ishlashi malakali brokerni tanlashga bog’liq bo’ladi. Vositachi qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi, operatsiyalarni tashkil qiladi, birja bozoriga kirishni ochadi, shuningdek sizning barcha savollaringizga javob beradi va hatto aktsiyalarni qaerdan, qanday va kimdan sotib olish foydali ekanligini aytib beradi. Iqtisodiy tizim zanjir bo’lganligi sababli, barcha bo’g’inlar o’z kompaniyalarining gullab-yashnashi uchun ishlaydi, ya’ni maslahatchi sizning manfaatlaringiz uchun ishlaydi. OBI Broker — bu O’zbekistondagi eng ilg’or kompaniyalardan biri va keng ko’lamli vositachilik xizmatlarini taqdim etadi.

    Читайте также:  Причины не зарядки аккумулятора айфона

    Qimmatli qog’ozlar bozorining qanday mahsulotlari va turlari mavjud?

    O’zbekistonda faqat aktsiyalar va obligatsiyalardan foydalaniladi. Qimmatli qog’ozlar bozorida aktsiyalar hozirgi kunda mashhurdir. Obligatsiyalar foizli daromad keltiradi va boshqa holatlar tufayli ular har doim ham muomalada bo’lmaydilar. Aktsiyalar ularning egasi kompaniyaning bir qismiga egalik qilishini va aksiyadorlik jamiyatining rivojlanishida ishtirok etish huquqini berganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, aktsiyalar dividend shaklida sof daromad olishga imkon beradi.

    Aktsiyalarda qanday qilib pul ishlash mumkin?

    Siz dividendlar olish, fond birjasida savdo qilish (savdo), shuningdek aktsiyalarni sotib olish va uzoq muddatli saqlash orqali turli xil yo’llar bilan pul ishlashingiz mumkin. Dividendlarni olish uchun yiliga bir marta yig’iladigan kompaniya aktsiyadorlik jamiyatining yig’ilishini kutish kerak. Uchrashuv natijalari daromadni kompaniyaning rivojlanishiga yo’naltirish bo’yicha taklif bo’lishi mumkin. Siz ularni qayta sotish orqali ikkinchi usulda ham daromad olishingiz mumkin. Ammo bu erda kamchiliklar ham mavjud. Siz qimmatli qog’ozlar, moliya, narxlarning ko’tarilishi va pasayishiga nima ta’sir qilishini tushunishingiz kerak. Aktsiyalar narxi bozor kon’yunkturasi, emitentning rivojlanishi, likvidlik o’zgarishi, kompaniya va iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligiga mos ravishda o’zgaradi. Uchinchi yo’l uzoq muddatli investitsiyalarni o’z ichiga oladi: bir necha yil ichida qiymati ko’tarilishi mumkin bo’lgan bir yoki bir nechta kompaniyalarning aktsiyalarini sotib olish.

    Daromadli aktsiyalarni tanlash

    Avval siz fond bozoridagi maqomingizning maqsadi to’g’risida qaror qabul qilishingiz kerak. Siz nisbatan kichik, ammo barqaror daromad olishni xohlaysizmi, yoki tavakkal qilishni yoqtirasiz va aktsiyalarni qayta sotish orqali pul ishlashni xohlaysizmi. Birinchi holda, aktsiyalari yaxshi dividendlar beradigan va stavka darajasi bank depozit stavkasi bilan bir hil bo’lgan kompaniyani tanlash kerak. Ikkinchi holat ancha murakkab. Qayta sotmoqchi bo’lgan kompaniyaning aktsiyalari kotirovka qilingan qiymatning yaxshi o’sishiga, ya’ni sizning daromadingiz bog’liq bo’lgan o’sishga ega bo’lishi kerak. Masalan, IPO va SPO savdo tajribasida tavakkal sotish uslubi foydali bo’lishi mumkin. Savdolarning dastlabki kunlarida «Kvarts» va «Jizzax plastmassa» kompaniyalari aktsiyalarining qiymati sezilarli darajada oshdi.

    Aktsiyalarni qaerdan sotib olishingiz mumkin?

    O’zbekistonda boshqa mamlakatlarning depozit kompaniyalari bilan iqtisodiy aloqalar mavjud emas, shuning uchun qimmatli qog’ozlarni faqat respublika hududidan sotib olish mumkin. Shu bilan birga, OBI Broker tashqi bozorlarda Facebook, Tesla, Apple va turli ETF kompaniyalari aktsiyalarini olishga yordam berishi mumkin.

    Investitsiyalar uchun dastlabki kapital

    Siz har bir aksiya uchun 1000 so’m miqdorida arzon aktsiyalardan boshlashingiz mumkin. Shuning uchun dastlabki kapital uchun bir-ikki ming so’m etarli. Vaqt o’tishi bilan qancha ko’p mablag ‘sarflasangiz, shuncha ko’p foyda olasiz. Sarmoyalaringizga ehtiyot bo’ling. Faqat bo’sh pulni investitsiya qilganingizga ishonch hosil qiling. Brokerning komissiyasi haqida ham unutmang, har bir vositachining, birjda qatnashish uchun foizlari va bir martalik to’lovi bor. Bu sizga taxminan 1-2% tushadi.

    Savdo uchun algoritm

    Tranzaksiya Internetdagi shaxsiy kabinet orqali, OBI Broker bilan shartnoma imzolangandan so’ng shakllanadigan shaxsiy kabinet orqali amalga oshirilishi mumkin. U sizga foydalanuvchi nomingiz va parolingizni beradi va keyin erkin foydalanishga imkon beradi. Aytaylik, sizning sotib olish so’rovingiz veb-saytga joylashtirilgan va umumiy tizimda sotish uchun so’rov topilgan. Agar ikkita so’rov parametrlar bo’yicha bir-biriga to’g’ri keladigan bo’lsa, u holda bitim paydo bo’ladi. Va endi, siz allaqachon kompaniyalardan birining qimmatli qog’ozlar egasisiz. Eng muhimi, ushbu bitimdan nimani olishni xohlayotganingizni, so’rovlarni to’g’ri belgilash.Siz buni o’zingiz qilishingiz shart emas, vositachi orqali amalga oshirish mumkin, faqat nimani va qaerdan sotib olishni xohlashingizni nomlashingiz kerak, va OBI Broker siz uchun hamma narsani qiladi.

    Savdo bo’yicha trening

    O’zbekistonda siz ixtisoslashtirilgan o’quv kurslarida qatnashishingiz mumkin. Ushbu kurslardan biri OBI Broker tomonidan olib boriladi. Trening taxminan ikki oy davom etadi, u erda siz nafaqat nazariya asoslarini, balki amaliy mashg’ulotlarni ham o’tkazasiz.

    Источник

    Оцените статью