Apple kompaniyasi haqida ma lumot

Garajdan chiqib, dunyoni zabt etgan kompaniya. Apple 44 yoshga to‘ldi

Aprel oyi dunyoga mashhur Apple kompaniyasiga asos solingani bilan tarixga kirgan. Ushbu kompaniya tarixi “Daryo” hikoya qiladi.

Foto: Google Photos

Apple Computer Company

Inglizchadan tarjima qilganda “olma” deb tarjima qilinadigan Amerika kompaniyasi asosan elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlar orasida eng taniqlilari Macintosh kompyuterlari, iPod, iPhone, iPad, Apple Watch soatlari, iTunes multimedia o‘qish dasturi, iWork ofis paketi, iLife multimedia to‘plami, shuningdek, Final Cut Pro, Logic Pro singari dasturlari. Xo‘sh, hammasi qanday boshlangan?

1976-yil 1-aprel kuni Stiv Jobsning bolalik uyidagi garajida Stiv Jobs, Stiv Vozniak va Ronald Ueynlar tomonidan Apple’ga asos solindi. 1977-yil 3-yanvar kuni Apple Computer Company nomi ostida kompaniyaga aylantirildi. Kompaniya tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan va mahsulotlarining xilma-xilligini oshirish maqsadida firma nomidagi “Computer” so‘zi olib tashlandi.

Apple va Stiv Jobs

Ko‘pchilik kompaniya asoschisi sifatida biladigan Stiv Jobs 1985-yil o‘sha paytdagi bosh direktor Jon Sulley bilan kelisha olmay qolgani sababli kompaniyani tark etishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng u NeXT kompaniyasiga asos soladi. Bu ham Apple’ga o‘xshagan kompyuterlarga asoslangan firma bo‘lib, keyinchalik 1996-yilda Apple tomonidan sotib olindi. Shuningdek, u Jorj Lukasdan Pixar kinokompaniyasining aksiyalarini ham sotib oldi hamda boshqaruv kengashi a’zosiga aylandi va Walt Disney Company’ning ilk individual aksioneriga aylandi.

1997-yil Apple boshqaruviga qaytganidan keyin kompaniyaning gullab-yashnash davri boshlandi. Mahsulotlar xilma-xilligi oshib ketdi. Ammo 2004-yili u og‘ir xastalikka chalinib qoldi va 2011-yil 25-avgust kuni o‘z vazifalarini bajarishdan voz kechdi va o‘rnini Tim Kukka bo‘shatdi. Ammo boshqaruv kengashi raisi lavozimini o‘zida saqlab qoldi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabr kuni 56 yoshida vafot etdi.

Kompaniya logotipi va shiori

Kompaniyaning logotipi nomiga monand olma tasviri, aniqrog‘i, tishlangan olma tasviri ekanini ko‘pchilik biladi. Lekin bu boshidan shunaqa bo‘lganmi, degan savol bo‘lishi tabiiy. Aslida, Apple’ning ilk logotipi bugungidan tubdan farq qilgan. Kompaniya nomi g‘oyasini Stiv Jobs taqdim etgan bo‘lsa, dastlabki logotipini Raymond Ueyn chizgan. Unda olma daraxtiga suyanib o‘tirgan mashur ingliz fizik olimi Isaak Nyuton tasviri tushirilgan. Surat atrofidagi chegara chizig‘ida Uilyam Vordsvorsning “Prelyuda” dostonidan parcha keltirilgan: “Newton… A mind forever voyaging through strange seas of thought… alone”.

Foto: Google Photos

Ammo ushbu logotip 1977-yilning boshidayoq almashtirildi. Bu safargisi kamalak ranglari bilan bo‘yalgan o‘sha mashhur tishlangan olma tasviri edi. Ushbu dizayn muallifi Rob Janoff hisoblanadi. Olmaning tishlanganini u odamlar olcha bilan aralashtirib yubormasliklari uchun ranglarni esa kompaniya ishlab chiqargan Apple II kompyuterlarining rangli tasvirlarining ramzi deb tushuntirdi.

Ushbu logotip 1998-yilda iMac G3 kompyuterlarining chiqarilishi bilan monoxromatik olmaga almashtirildi. Ammo kamalak rangli logotip ham Mac OS 8 va Mac OS 9 operatsion tizimlarida birgalikda ishlatilishda davom etdi. Faqatgina 2001-yil 24-martga kelib yangi monoxrom olma tasviri kamalak rang olma hayotiga nuqta qo‘ydi. Hozirgacha Apple monoxrom tasvirli olmadan foydalanib kelmoqda.

Har bir kompaniyada bo‘lgani singari Apple’ning ham o‘z shiori bor. Kompaniyalar shiorlari ko‘pincha o‘z faoliyat turidan, marketing falsafasidan kelib chiqadi. Apple’ning ilk shiori 1976-yilda ishlab chiqarilgan Apple I mikrokompyuteri broshyurasida “Byte into an apple” tarzida berilgan edi.

1997-yildan 2002-yilgacha haligacha mashhur “Think different” shiori ishlatildi. Hozirda rasman ishlatilmasa-da, Apple’ning shiori sifatida qabul qilinadi. Umumiy shiorlar bilan bir qatorda ma’lum bir mahsulotlar uchun ham alohida shiorlar ishlab chiqqan. Masalan, 1998-yilda ishlab chiqarilgan iMac mahsulotlari uchun “iThink, therefore iMac” shiori ishlatilgan. Macintosh namoyish etilganda “Hello”, iMac uchun “Hello (again)”, keyinchalik iPod va iPhone uchun juda o‘xshash shiorlar ham ishlatildi: “Say hello to iPod” va “Say hello to iPhone”

Читайте также:  Как открутить болт iphone

Kompaniyaning mashhur mahsulotlari

1976-yil ilk mikrokompyuter Apple I ishlab chiqildi. Kelasi yildan boshlab esa dunyoda ilk seriyali miqdorda ishlab chiqarilgan Apple II ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu mahsulot sotuvidan tushgan daromad kompaniyaning asosiy daromad manbayiga aylandi va 80-yillarning o‘rtalarida daromadning asosiy katta qismini tashkil qildi.

Foto: Google Photos

Kompaniyaning 20 yil mobaynida asosiy mahsuloti sifatida ishlab chiqarilgan Macintosh oilasiga mansub mahsulotlar katta shuhrat qozondi. 2014-yilga kelib ular orasida quyidagilar bor edi:

1998-yilda ishlab chiqarila boshlangan iMac barchasi birda kompyuterlarining shuhrati inqiroz yoqasida turgan kompaniyaga o‘zini tiklab olishiga imkon berdi. 2008-yildan boshlab MacBook Air ultra-yupqa qo‘l kompyuterlari ishlab chiqarila boshlandi va u 2011-yilda MacBook’larning o‘rnini egalladi. Macintosh oilasining navbatdagi mahsuloti MacBook Pro Retina 15 va 13 dyumli qo‘l kompyuterlari. 2012–2013-yillarda MacBook Pro kompyuterlarini o‘rnini egalladi. Uning afzalliklari yuqori aniqlikdagi ekran, yupqaroq, ichki CD/DVD diskovodsiz hamda SSD qattiq disk. Shuningdek, u HDMI 1,4 aloqa porti bilan ham jihozlangan. Workstation tipidagi MacPro kompyuteri hamda MacMini stol kompyuterlari ham Macintosh oilasiga mansub kompyuterlar safiga kiradi.

Navbatdagi mahsulot 2001-yildan ishlab chiqarila boshlagan iPod musiqa pleyeridir. Apple mazkur mahsulot orqali jahon musiqa sanoatiga kirib bordi va bugungi kunda musiqa pleyerlari orasida yetakchilik qilmoqda. 2001-yildan to bugunga qadar 275 million dona iPod sotuvga chiqarildi. Hozircha iPod’ning to‘rt xil oilasi ishlab chiqarilgan: iPod nano, iPod shuffle, iPod touch, iPod classic. iPod classic 2014-yildan, iPod nano va iPod shuffle 2017-yilda sotuvdan olingan va ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Faqatgina iPod touch 2019-yilgi oxirgi versiyasi bilan hamon sotuvda qolmoqda.

Shubhasiz, Apple’ga shuhrat keltirgan, uni smartfon bozorida peshqadamga aylantirgan iPhone’dir. 2007-yilda Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan iPhone mana 13 yildirki jahon smartfon bozorida o‘zining xaridorgirligi va sifati jihatidan yetakchilik qilib kelmoqda. iPhone o‘zida smartfon, iPod va internet-mijozni birlashtirgan yagona qurilma edi.

iPhone uchun maxsus iPhone OS operatsion tizimi ishlab chiqildi. Bugun u iOS deb nomlanadi. 2008-yilda iPhone uchun maxsus dasturlar yuklab olish imkonini beruvchi AppStore do‘koni ochildi. Deyarli har yili Apple o‘z mijozlariga yangi versiyadagi iPhone’larini yangicha ko‘rinish va yangi qulaylik, imkoniyatlar bilan taqdim etadi. Kompaniya 2019-yil 10-sentabr kuni bira to‘la uchta yangi iPhone taqdim etdi. Bular iPhone 11, 11 Pro va 11 Pro Max 11 Pro va 11 Pro Max qurilmalari Apple’da birinchilardan bo‘lib uchtalik fotokamera bilan jihozlandi.

Apple’ning navbatdagi mashhurlikka erishgan mahsuloti kompaniya ishlab chiqargan iPad’lardir. Birinchi marta 2010-yilda Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan iPad iOS’ning modifikatsiyalangan versiyasi bilan jihozlandi. iPad planshet tipidagi qurilma bo‘lib, smartfon va qo‘l kompyuterlari o‘rtasidagi jihoz bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, Apple iPad mini qurilmasini 2012-yildan boshlab ishlab chiqara boshladi.

2014-yil 9-sentabrda Apple elektronika bozoriga yana bir yangi mahsulot bilan kirib keldi. Bu Apple soatlari edi. 2015-yildan sotuvga chiqarilgan Apple Watch, Apple Watch Sport va 18 karatli oltindan tayyorlangan Apple Watch Edition soatlari alohida WatchOS operatsion tizimi bilan jihozlangan edi. Soat iPhone 5 va undan yuqori avlod iPhone’lari bilan ishlaydi va soatni ko‘rsatishdan tashqari boshqa turli xil vazifalarni, jumladan, sportchilar uchun pulsometr vazifasini ham o‘taydi.

Apple 2016-yil Apple Watch Series 2, 2017-yil Apple Watch Series 3, 2018-yil Apple Watch Series 4, 2019-yilda esa Apple Watch Series 5 soatlarini ishlab chiqardi. Ularning dizayni barchasida bir xilda saqlab qolingan bo‘lsa-da, ichidagi funksiyalari o‘zidan oldingisidan yaxshilangan holatda ishlangan.

Kompaniya narx siyosati

Apple’ning ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan yana bir jihati uning mahsulotlari narxining nisbatan yuqori ekanidir. Masalan, 1980-yillar davomida Macintosh kompyuterlarining narxi o‘zining analogi bo‘lmish IBM PC shaxsiy kompyuterlari narxidan ikki baravar qimmat edi. 1990-yillarda Intel korporatsiyasi ishlab chiqargan Pentium kompyuterlaridan uch baravar qimmatga sotilardi.

Читайте также:  Часы iphone последняя модель

Narxlarning qimmatligi o‘sha paytda Macintosh kompyuterlarining rivojlanishi boshqa kompyuterlarga nisbatan sekinlashtirishiga olib keldi. Bugungi kunda ham Windows’da Mac OS’ga o‘tmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mahsulot narxi juda yuqoriligicha qolmoqda. 2005-yilda Apple arzon narxli Mac Mini kompyuterini sotuvga chiqardi. Kompaniya mahsulotlarining qimmatligi uning ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan materiallari qiymatining balandligi va umumiy hayotiy siklining yuqoriligi bilan izohlanadi.

Источник

Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

Bugungi kunga qadar Apple haqida ko‘plab kitoblar yozilgan va hatto to‘liq metrajli film ham suratga olingan. Hozir esa, biz sizga afsonaviy kompaniya haqida 14 ta qiziqarli faktni bayon qilamiz. Ishonavering, ularni hatto kompaniyaning eng sodiq muxlislari ham bilishmaydi.

Apple juda boy tarixga ega. U Jobs garajidagi kichkina startapdan odamlarning raqamli texnologiyalar haqidagi g‘oyalarini o‘zgartirgan ko‘p milliardli korporatsiya aylangunga qadar qiziqarli yo‘lni bosib o‘tdi. Uning asoschisi — Stiv Jobs ko‘pchilik uchun kumirga aylangan.

Quyida Apple haqidagi eng qiziqarli va unchalik ommalashmagan, saralangan 14 faktni keltirib o‘tamiz.1. Apple’ga uch kishi asos solgan.

Apple kompaniyasining asoschilaridan ikki kishi, ya’ni Stivlar juftligi- Voznyak va Jobsni deyarli hamma biladi, ammo kompaniya muvaffaqiyatiga ulkan hissa qo‘shgan uchinchi shaxs Ronald Ueynni ham unutmaslik lozim. Jobs Atari kompaniyasida ishlab yurganida u bilan do‘stlashgan. Ueyn nafaqat kompyuterlarni yaratishda ishtirok etgan, balki ular uchun qo‘llanmalar ham yozgan, shuningdek, “olma“ kompaniyasining birinchi logotipini ham yaratgan. Keyinchalik, Ronald Ueyn Stiv Jobsning g‘alati g‘oyalaridan qo‘rqib, kompaniya kasod bo‘ladi deb o‘ylab, ulushini arzonga sotib, kompaniyadan ketgan. Lekin bu “g‘alati“ g‘oyalar Apple’ni butun dunyoga mashhur qilgan. O‘shandan beri Ueynning karerasida o‘sish bo‘lmadi, hozirda u Nevada treyler parkida tanga va muhrlar sotmoqda. 2011 yilda iPad taqdim qilinguniga qadar unda uzoq vaqt davomida Apple’dan birorta mahsulot bo‘lmaganligi esa juda qiziq.

2. Barchasi oddiy kalkulyatordan boshlangan.

Kompaniyani ishga tushirish uchun pul zarur edi. Buning uchun Jobs mikroavtobusini, Voznyak esa kalkulyatorini sotishiga to‘g‘ri kelgan. Kalkulyator o‘sha vaqtlarda mashinadan qimmatroq baholangan. Shuningdek, o‘sha vaqtlarda har qanday kompyuter va hisoblash texnologiyalari juda qimmatga tushar, Woz kabi dasturlashtiriladigan kalkulyator esa oltinga tenglashtirilar edi. Shunday qilib, Voznyak sotgan kalkulyator narxi 500 dollarni tashkil etgan (hozirgi qiymatda 2000 dollar atrofida).

3. Stiv Jobsning haqiqiy ota-onasi uni asrab olishga berishgan.

Viskonsin universiteti talabasi Joanna Shibl 1955 yilda homilador bo‘ladi va o‘zining yigiti, suriyalik muhojir Abdufatta Jandali bilan birga bolani tashlab ketmoqchi bo‘lishadi, ammo oshiqlarning ota-onalari ularni bolani asrab olishga berishga majbur qilishadi. Joanna Shibl farzandining bo‘lajak ota-onasi oliy ma’lumotli bo‘lishini xohlaydi. Vaholanki, bolani yuqori maktabdan chetlashtirilgan Pol Jobs va kollej talabasi Klara Jobslar asrab olishadi, chunki ular farzand ko‘ra olmas edilar. Shibl va Jandali esa bir qancha vaqt o‘tgach, turmush qurgan va Monu Simpson ismli qiz farzandli bo‘lishgan. Jobs hech qachon haqiqiy otasini ko‘rmagan, ammo o‘limidan oldin u bilan elektron pochta orqali yozishgan.

4. Stiv Voznyak haligacha Apple’da ishlaydi.

Aniqroq qilib aytganda, u rasman kompaniya xodimlar shtatida va hatto yiliga 120 ming dollar maosh oladi. Voznyakning o‘zi introvertdir va an’anaviy ish kunini yomon ko‘radi. Shuning uchun, u 1987 yildayoq muntazam ravishda ofisga kelishni to‘xtatgan.

5. Apple’ning birinchi kompyuteri narxi 666,66 dollar bo‘lgan.

Kompaniyaning birinchi kompyuteri Apple-1’ning chakana narxi 666,66 dollarni tashkil qilgan. Voznyakdan ushbu miqdorni tanlashning sababi nimada deb so‘rashganida, u shunchaki bu raqamlarni terish qulayroq ekanligini aytgan. Bundan tashqari, Voznyak takroriy raqamlarni yaxshi ko‘rardi. Qisqacha aytganda, u umuman g‘alati odam bo‘lgan.

Читайте также:  Конструктор тем для iphone

6. Apple mahsulotlari samolyotlarda yetkazib beriladi.

An’anaviy parom va barjalar o‘rniga Apple o‘z mahsulotlarini yetkazib berish uchun samolyotlardan foydalanadi. Bu ancha qimmat, ammo bu usul ham o‘zining afzalliklariga ega. Birinchidan, qurilmalar do‘kon javonlarida juda tez paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, samolyotlarni talash ancha qiyin va ularni tutib olish olish deyarli imkonsiz. Apple kompaniyasining eng yirik “samo hamkori“ Cathay Pacific aviakompaniyasi hisoblanadi.7. Stiv Jobsga Macintosh nomi yoqmagan.

Jobs Jef Ruskinning Macintosh loyihasiga qiziqa boshlaganidan so‘ng, ushbu kompyuterni ishlab chiqarish ishlari ancha tezlashgan. Raskin o‘z mahsulotiga sevimli olma navi “Macintosh “ sharafiga shunday nom bergan. Loyihaning vaqtinchalik nomi sifatida bu so‘z Stivga to‘liq mos keldi, lekin u haqiqatan ham kompyuterni rasmiy ravishda ushbu nom ostida sotishni xohlamagan. Bir kuni, Raskin idorada bo‘lmaganida, Jobs hatto uni o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo o‘sha paytda unga kompaniyada hal qiluvchi so‘z huquqi berilmaganligi uchun hech narsa o‘zgarmagan.

8. Jobs oq rangni yoqtirmagan.

Stiv Jobs Apple’ga qaytib kelganida, u kompaniyaning barcha kompyuterlari haqiqatdanda chiroyli ko‘rinishini xohlagan. Uning maqsadi ularni egasi faxrlanadigan qurilmaga aylantirish edi. U dizayner Jon Ivega (u hanuzgacha kompaniyadagi muhim xodimlardan biri) o‘z qarorlarini tatbiq qilishi uchun to‘liq huquq berdi. Stivni oq rangdan tashqari deyarli hamma narsa qoniqtirar edi. U Ivedan boshqa rangni tanlashni so‘radi. Dizayner shunchaki tayyor mahsulotni kulrang bilan bo‘yadi (Moon Gray, ya’ni oy rangi), ammo bu variant Jobsga yoqmadi. O‘shandan beri oq rang barcha Apple mahsulotlarining asosiy fishkalaridan biri bo‘lib kelmoqda.

9. Apple “baxtli“ kiyimga ishonadi.

Jobs taqdimotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u har doim bir xil kiyim bilan taqdimotga chiqqan: Levi’s’ning jinsi shimlari, qora vodolazka va New Balance krossovkalari. Ushbu “stil“ juda mashhur bo‘lgan va Stiv vafotidan keyin ham an’anaga aylandi: Jonatan Ayv ham xuddi shu uslubdagi, xuddi shu ishlab chiqaruvchi tomonidan chiqarilgan futbolkalarni kiyib taqdimotga chiqadi.

10. Birinchi iPod’da Breakout’ni o‘ynash uchun yashirin imkoniyat bo‘lgan.

Breakout’ning yaratuvchisi — Stiv Voznyak, uni 1976 yilda Apple tashkil etilishining boshida Atari uchun ishlab chiqqan. 15 yildan keyin chiqarilgan birinchi avlod iPod’da muayyan harakatlar ketma-ketligini bajargandan so‘ng ushbu o‘yinni o‘ynash mumkin bo‘lgan. Imkoniyatga ega bo‘lish uchun esa siz “Qurilma haqida“ menyusiga o‘tishingiz va markaziy tugmachani uch soniya bosib turishingiz kerak edi.

11. Apple’da Isaak Nyutondan ilhomlanishadi.

Nyuton ingliz fizigi va matematigi, insoniyat sivilizatsiyasi tarixidagi eng buyuk aql egalaridan biridir. Aytishlaricha, u boshiga olma tushganidan keyin tortishish qonunini aniqlagan. Shu sababli, kompaniyaning dastlabki logotipida olma daraxti ostida o‘tirgan Nyuton tasvirlangan. Apple tomonidan ishlab chiqilgan birinchi qo‘l kompyuterlaridan biri ham Apple Newton deb nomlangan.

12. Applye dunyoda birinchi raqamli kamera sotgan.

U Apple QuickTake 100 deb nomlangan va o‘sha paytda inqilob bo‘lgan. Ammo, ko‘plab uning kamchiliklari ham mavjud edi: joy bor-yo‘gi sakkizta fotosurat uchun yetarli edi, vizor yo‘q va fotosuratlarning sifati ancha yomon edi. Shunday qilib, qurilma hech qanday natijaga erishmagan.

13. Apple soniyasiga 5400 dollar ishlab topadi.

Shubhasiz, Apple eng boy kompaniyalardan biridir. 2013 yilda kompaniyaning sof foydasi 171 milliard dollarni tashkil etdi. Bir sutkada 86 400 soniya, bir yilda esa 365 kun borligini hisobga olib, oddiy hisob-kitoblarni amalga oshirsangiz, har soniyada Apple 5400 dollar ishlab topganligi ayon bo‘ladi.

14. Apple byudjeti AQSh Moliya Vazirliginikidan ko‘p.

Apple’da 160 milliard dollar, vazirlikda esa 49 milliard dollar bor. Aynan shu mablag‘larni Apple o‘zining yangi hashamatli kampusini qurishga sarflamoqda.

Husan Qodirov tayyorladi.

Источник

Оцените статью