Garajdan chiqib, dunyoni zabt etgan kompaniya. Apple 44 yoshga to‘ldi
Aprel oyi dunyoga mashhur Apple kompaniyasiga asos solingani bilan tarixga kirgan. Ushbu kompaniya tarixi “Daryo” hikoya qiladi.
Foto: Google Photos
Apple Computer Company
Inglizchadan tarjima qilganda “olma” deb tarjima qilinadigan Amerika kompaniyasi asosan elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlar orasida eng taniqlilari Macintosh kompyuterlari, iPod, iPhone, iPad, Apple Watch soatlari, iTunes multimedia o‘qish dasturi, iWork ofis paketi, iLife multimedia to‘plami, shuningdek, Final Cut Pro, Logic Pro singari dasturlari. Xo‘sh, hammasi qanday boshlangan?
1976-yil 1-aprel kuni Stiv Jobsning bolalik uyidagi garajida Stiv Jobs, Stiv Vozniak va Ronald Ueynlar tomonidan Apple’ga asos solindi. 1977-yil 3-yanvar kuni Apple Computer Company nomi ostida kompaniyaga aylantirildi. Kompaniya tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan va mahsulotlarining xilma-xilligini oshirish maqsadida firma nomidagi “Computer” so‘zi olib tashlandi.
Apple va Stiv Jobs
Ko‘pchilik kompaniya asoschisi sifatida biladigan Stiv Jobs 1985-yil o‘sha paytdagi bosh direktor Jon Sulley bilan kelisha olmay qolgani sababli kompaniyani tark etishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng u NeXT kompaniyasiga asos soladi. Bu ham Apple’ga o‘xshagan kompyuterlarga asoslangan firma bo‘lib, keyinchalik 1996-yilda Apple tomonidan sotib olindi. Shuningdek, u Jorj Lukasdan Pixar kinokompaniyasining aksiyalarini ham sotib oldi hamda boshqaruv kengashi a’zosiga aylandi va Walt Disney Company’ning ilk individual aksioneriga aylandi.
1997-yil Apple boshqaruviga qaytganidan keyin kompaniyaning gullab-yashnash davri boshlandi. Mahsulotlar xilma-xilligi oshib ketdi. Ammo 2004-yili u og‘ir xastalikka chalinib qoldi va 2011-yil 25-avgust kuni o‘z vazifalarini bajarishdan voz kechdi va o‘rnini Tim Kukka bo‘shatdi. Ammo boshqaruv kengashi raisi lavozimini o‘zida saqlab qoldi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabr kuni 56 yoshida vafot etdi.
Kompaniya logotipi va shiori
Kompaniyaning logotipi nomiga monand olma tasviri, aniqrog‘i, tishlangan olma tasviri ekanini ko‘pchilik biladi. Lekin bu boshidan shunaqa bo‘lganmi, degan savol bo‘lishi tabiiy. Aslida, Apple’ning ilk logotipi bugungidan tubdan farq qilgan. Kompaniya nomi g‘oyasini Stiv Jobs taqdim etgan bo‘lsa, dastlabki logotipini Raymond Ueyn chizgan. Unda olma daraxtiga suyanib o‘tirgan mashur ingliz fizik olimi Isaak Nyuton tasviri tushirilgan. Surat atrofidagi chegara chizig‘ida Uilyam Vordsvorsning “Prelyuda” dostonidan parcha keltirilgan: “Newton… A mind forever voyaging through strange seas of thought… alone”.
Foto: Google Photos
Ammo ushbu logotip 1977-yilning boshidayoq almashtirildi. Bu safargisi kamalak ranglari bilan bo‘yalgan o‘sha mashhur tishlangan olma tasviri edi. Ushbu dizayn muallifi Rob Janoff hisoblanadi. Olmaning tishlanganini u odamlar olcha bilan aralashtirib yubormasliklari uchun ranglarni esa kompaniya ishlab chiqargan Apple II kompyuterlarining rangli tasvirlarining ramzi deb tushuntirdi.
Ushbu logotip 1998-yilda iMac G3 kompyuterlarining chiqarilishi bilan monoxromatik olmaga almashtirildi. Ammo kamalak rangli logotip ham Mac OS 8 va Mac OS 9 operatsion tizimlarida birgalikda ishlatilishda davom etdi. Faqatgina 2001-yil 24-martga kelib yangi monoxrom olma tasviri kamalak rang olma hayotiga nuqta qo‘ydi. Hozirgacha Apple monoxrom tasvirli olmadan foydalanib kelmoqda.
Har bir kompaniyada bo‘lgani singari Apple’ning ham o‘z shiori bor. Kompaniyalar shiorlari ko‘pincha o‘z faoliyat turidan, marketing falsafasidan kelib chiqadi. Apple’ning ilk shiori 1976-yilda ishlab chiqarilgan Apple I mikrokompyuteri broshyurasida “Byte into an apple” tarzida berilgan edi.
1997-yildan 2002-yilgacha haligacha mashhur “Think different” shiori ishlatildi. Hozirda rasman ishlatilmasa-da, Apple’ning shiori sifatida qabul qilinadi. Umumiy shiorlar bilan bir qatorda ma’lum bir mahsulotlar uchun ham alohida shiorlar ishlab chiqqan. Masalan, 1998-yilda ishlab chiqarilgan iMac mahsulotlari uchun “iThink, therefore iMac” shiori ishlatilgan. Macintosh namoyish etilganda “Hello”, iMac uchun “Hello (again)”, keyinchalik iPod va iPhone uchun juda o‘xshash shiorlar ham ishlatildi: “Say hello to iPod” va “Say hello to iPhone”
Kompaniyaning mashhur mahsulotlari
1976-yil ilk mikrokompyuter Apple I ishlab chiqildi. Kelasi yildan boshlab esa dunyoda ilk seriyali miqdorda ishlab chiqarilgan Apple II ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu mahsulot sotuvidan tushgan daromad kompaniyaning asosiy daromad manbayiga aylandi va 80-yillarning o‘rtalarida daromadning asosiy katta qismini tashkil qildi.
Foto: Google Photos
Kompaniyaning 20 yil mobaynida asosiy mahsuloti sifatida ishlab chiqarilgan Macintosh oilasiga mansub mahsulotlar katta shuhrat qozondi. 2014-yilga kelib ular orasida quyidagilar bor edi:
1998-yilda ishlab chiqarila boshlangan iMac barchasi birda kompyuterlarining shuhrati inqiroz yoqasida turgan kompaniyaga o‘zini tiklab olishiga imkon berdi. 2008-yildan boshlab MacBook Air ultra-yupqa qo‘l kompyuterlari ishlab chiqarila boshlandi va u 2011-yilda MacBook’larning o‘rnini egalladi. Macintosh oilasining navbatdagi mahsuloti MacBook Pro Retina 15 va 13 dyumli qo‘l kompyuterlari. 2012–2013-yillarda MacBook Pro kompyuterlarini o‘rnini egalladi. Uning afzalliklari yuqori aniqlikdagi ekran, yupqaroq, ichki CD/DVD diskovodsiz hamda SSD qattiq disk. Shuningdek, u HDMI 1,4 aloqa porti bilan ham jihozlangan. Workstation tipidagi MacPro kompyuteri hamda MacMini stol kompyuterlari ham Macintosh oilasiga mansub kompyuterlar safiga kiradi.
Navbatdagi mahsulot 2001-yildan ishlab chiqarila boshlagan iPod musiqa pleyeridir. Apple mazkur mahsulot orqali jahon musiqa sanoatiga kirib bordi va bugungi kunda musiqa pleyerlari orasida yetakchilik qilmoqda. 2001-yildan to bugunga qadar 275 million dona iPod sotuvga chiqarildi. Hozircha iPod’ning to‘rt xil oilasi ishlab chiqarilgan: iPod nano, iPod shuffle, iPod touch, iPod classic. iPod classic 2014-yildan, iPod nano va iPod shuffle 2017-yilda sotuvdan olingan va ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Faqatgina iPod touch 2019-yilgi oxirgi versiyasi bilan hamon sotuvda qolmoqda.
Shubhasiz, Apple’ga shuhrat keltirgan, uni smartfon bozorida peshqadamga aylantirgan iPhone’dir. 2007-yilda Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan iPhone mana 13 yildirki jahon smartfon bozorida o‘zining xaridorgirligi va sifati jihatidan yetakchilik qilib kelmoqda. iPhone o‘zida smartfon, iPod va internet-mijozni birlashtirgan yagona qurilma edi.
iPhone uchun maxsus iPhone OS operatsion tizimi ishlab chiqildi. Bugun u iOS deb nomlanadi. 2008-yilda iPhone uchun maxsus dasturlar yuklab olish imkonini beruvchi AppStore do‘koni ochildi. Deyarli har yili Apple o‘z mijozlariga yangi versiyadagi iPhone’larini yangicha ko‘rinish va yangi qulaylik, imkoniyatlar bilan taqdim etadi. Kompaniya 2019-yil 10-sentabr kuni bira to‘la uchta yangi iPhone taqdim etdi. Bular iPhone 11, 11 Pro va 11 Pro Max 11 Pro va 11 Pro Max qurilmalari Apple’da birinchilardan bo‘lib uchtalik fotokamera bilan jihozlandi.
Apple’ning navbatdagi mashhurlikka erishgan mahsuloti kompaniya ishlab chiqargan iPad’lardir. Birinchi marta 2010-yilda Stiv Jobs tomonidan taqdim etilgan iPad iOS’ning modifikatsiyalangan versiyasi bilan jihozlandi. iPad planshet tipidagi qurilma bo‘lib, smartfon va qo‘l kompyuterlari o‘rtasidagi jihoz bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, Apple iPad mini qurilmasini 2012-yildan boshlab ishlab chiqara boshladi.
2014-yil 9-sentabrda Apple elektronika bozoriga yana bir yangi mahsulot bilan kirib keldi. Bu Apple soatlari edi. 2015-yildan sotuvga chiqarilgan Apple Watch, Apple Watch Sport va 18 karatli oltindan tayyorlangan Apple Watch Edition soatlari alohida WatchOS operatsion tizimi bilan jihozlangan edi. Soat iPhone 5 va undan yuqori avlod iPhone’lari bilan ishlaydi va soatni ko‘rsatishdan tashqari boshqa turli xil vazifalarni, jumladan, sportchilar uchun pulsometr vazifasini ham o‘taydi.
Apple 2016-yil Apple Watch Series 2, 2017-yil Apple Watch Series 3, 2018-yil Apple Watch Series 4, 2019-yilda esa Apple Watch Series 5 soatlarini ishlab chiqardi. Ularning dizayni barchasida bir xilda saqlab qolingan bo‘lsa-da, ichidagi funksiyalari o‘zidan oldingisidan yaxshilangan holatda ishlangan.
Kompaniya narx siyosati
Apple’ning ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan yana bir jihati uning mahsulotlari narxining nisbatan yuqori ekanidir. Masalan, 1980-yillar davomida Macintosh kompyuterlarining narxi o‘zining analogi bo‘lmish IBM PC shaxsiy kompyuterlari narxidan ikki baravar qimmat edi. 1990-yillarda Intel korporatsiyasi ishlab chiqargan Pentium kompyuterlaridan uch baravar qimmatga sotilardi.
Narxlarning qimmatligi o‘sha paytda Macintosh kompyuterlarining rivojlanishi boshqa kompyuterlarga nisbatan sekinlashtirishiga olib keldi. Bugungi kunda ham Windows’da Mac OS’ga o‘tmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mahsulot narxi juda yuqoriligicha qolmoqda. 2005-yilda Apple arzon narxli Mac Mini kompyuterini sotuvga chiqardi. Kompaniya mahsulotlarining qimmatligi uning ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan materiallari qiymatining balandligi va umumiy hayotiy siklining yuqoriligi bilan izohlanadi.
Источник
Apple kompaniyasi
bet | 1/2 |
Sana | 08.01.2020 |
Hajmi | 90.25 Kb. |
- Apple kompaniyasida qonuniy ishlaydigan, har xil soha vakillari mavjud: sport fotograflari, xujjatli kino rejissyorlari, muzikant, medsesstra, ssenariy mualliflari, fizik-teorik va boshqalar;
- Apple ishchilari uchun yagona bepul yegulik olma hisoblanadi.
- Apple kompaniyasida ish jarayoni qat’iy belgilanmagan va rasmiy ko’rinishga ega emas, bu degani har xil rasmiy majlislar kamdan kam o’tkaziladi deganidir;
- Kompaniya ishchilari uchun statistika katta ahamiyatga ega, u yerda katta oq doska mavjud bo’lib, statistik ma’lumotlar doimiy ravishda o’zgarib turadi.
- Apple kompaniyasida birinchi ish kunini boshlagan ishchilar, kompaniya tomonidan berilgan Apple logotipiga ega futbolka kiyib yurishlari shart. Bu albatta barchadan ajralib turish uchun.
- Ko’p yangi ishchilar asosan o’ylab topilgan, kerak bo’lmagan loyihalar ustida ishlashadi. Bu haqida ular vazifani topshirish davomida bilib qolishadi. Bu orqali ish beruvchi, yangi ishchilarni dunyoqarashi, fikrlashi va albatta sabrini sinab olishar ekan.
- Apple’ga ishga kirish suhbati unchalik murakkab emas. Apple’ning sobiq ishchisi Apple, Yahoo, Akamai, Amazon kompaniyalariga ishga kirishdagi suhbatni solishtirib, aytishicha, oxirgi uchun kompaniyaga ishga kirish birmuncha qiyin ekan.
- Apple’ga kirish emas, ishlash qiyin ekan. U yerda grafik vaqt yo’q, tushlik paytida ham, dam olish vaqtlarida ham, hattoki tunda ham ishlashga to’g’ri kelib qolar ekan.
- Tushlik uchun kompaniya pizza, gamburger hattoki pivo ham olib berar ekan, bu degani kechasi bilan ish bor deganidir ).
Apple kompaniyasi muvaffaqiyatining asosiy siri nimada?
Marketolog Trishia Levasser Stiv Jobs misolida nima uchun marketing qadriyatlardan boshlanishi kerakligi haqida so‘zladi hamda biznesdagi “vazifa”, “maqsad” va “qadriyatlar” tushunchasiga izoh berdi.
Marketing qadriyatlaringizdan boshlanadi
Stiv Jobs nafaqat Apple kompaniyasining asoschisi va bosh direktori, balki brendning yaratuvchisi ham edi. Shubhasiz, u mahsulotlar bilan “yashar” va xodimlarni qanday rag‘batlantirishni bilardi.
Brendning yaratuvchisi bo‘lish uchun reklama bo‘limida ishlash shart emas. Bunday odamlar hamma yerda bor. Bu kompaniyaning haqiqiy ishqibozlari va mahsulot to‘g‘risidagi o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashishni istaydilar. Bunday yaratuvchanlik asoschi va bosh direktorlardan boshlanishi kerak. Agar rahbarning o‘zi tashkilot nima bilan shug‘ullanishini bilmasa, xodim va mijoz buni qayerdan anglashi kerak? Asoschilar Stiv Jobsga o‘xshagan bo‘lishlari lozim.
Stiv Jobs va Tim Kuk o‘z xodimlarini qanday rag‘batlantirishi borasidagi fikrlardan avval kompaniya qadriyat, vazifa va maqsadi nima ekaniga oydinlik kiritamiz. Chunki bu instrumentlar brendni yaratish asosi hisoblanadi. Ular mijozlarni jalb etish va ushlab qolish uchun zarur.
Qadriyatlar: tashkilot xodimlari tomonidan amal qilinadigan, qabul qilingan qoida va tamoyillar. Asosiy qadriyatlar kompaniya vazifasi ta’rifida sanab o‘tiladi.
Vazifa: kompaniya mohiyati va mavjudligi sababini aniqlaydigan, maqsad va falsafangizni ta’riflaydigan qisqacha bayon. Vazifangiz “Biz nima qilamiz? Qanday biznes bilan shug‘ullanamiz” kabi savollarga javob berishi kerak. Bu kompaniya funksiyasi, bozorlar va raqobatdagi afzalliklarni tez va oddiy aniqlashda yordam beradi.
Maqsad: asoschi erishishni istagan narsa. Bu kompaniyaning kelajakdagi jozibador obrazi, ideali yoki orzusi.
Asoschi sifatida o‘z kompaniyangizning vazifasi va maqsadini jamoangizga yetkazishingiz va ularda ishonch uyg‘otishingiz zarur. Apple buni quyidagicha amalga oshirdi.
Apple – hozirda innovatsiya va dizayn timsoli. Biroq kompaniyaning yo‘li ota-onaning kichik garajidan boshlangan. Bu oddiy muvaffaqiyat emas. Bari maqsad va vazifadan boshlangan. Kompaniya rivojlanishi davomida biroz o‘zgardi, shunga qaramay, ular xodimlarni rag‘batlantirish, ularni samarali ishlash va innovatsiyalarga bo‘lgan rag‘batini oshirishda davom etmoqdalar.
Apple kompaniyasining 2017 yildagi vazifasi:
“Apple kompaniyasi Mac noutbuklarini ishlab chiqaradi, OS X, iLife, iWork va boshqa dasturi ta’minot bilan bir qatorda dunyodagi eng yaxshi shaxsiy kompyuterlarni yaratadi. O‘z pleyerlari va mashhur iTunes Apple internet-do‘konlari sabab raqamli musiqa olamida inqilob qildi”. AppleiPhone va App Store yordamida telefonlar olamini barchaga boshqa tomondan ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. iPad tufayli mobil media va raqamli texnologiyalarning keyingi taqdirini belgilaydi.
Bu bayonotda kompaniya hozir nima bilan shug‘ullanayotgani va kelajakda nimani rejalashtirayotgani ko‘rsatilgan. Kompaniyaning joriy ishlarini ko‘rsatish uchun muayyan mahsulotlarni yodga oladi, biroq ularni sanab o‘tish har doim ham o‘rinli emas.
Apple kompaniyasining 2017 yildagi maqsadi
“Biz yaxshi mahsulotlar yaratish uchun mavjudmiz va bu o‘zgarmaydi. Diqqatimizni doimiy ravishda innovatsiyalarga qaratamiz. Go‘zallik oddiylikda ekaniga ishonamiz. Biz mahsulotlarimiz asosidagi muhim texnologiyalarni nazorat qilishimiz kerakligiga ishonamiz va ahamiyatli hissa qo‘shish mumkin bo‘lgan bozorlardagina ishtirok etamiz. Bir necha eng muhim va ahamiyatli loyihalarga diqqatni qaratish uchun minglab loyihalarga “yo‘q” deymiz. Xodimlarimizning jamoaviy ruhiyatiga ishonamiz. Bu bizga o‘zgalar bajara olmaydigan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur qadriyatlar shu qadar chuqur ildiz otgani sabab, Apple kompaniyasining ishlari uzoq kelajakda muvaffaqiyatli davom etishiga ishonamiz”.
Apple kompaniyasining maqsadi detallarga e’tibor qilgan holda yozilgan. Shuning uchun xodimlarni yo‘naltirishda yordam beradi. Siz ham shu kabi uzoq maqsadni yozishingiz shart emas. O‘zingizga mos keladigan ko‘rinishda amalga oshiring. Aksincha, detallarga boy tarzda yozilgan maqsad o‘zingizga zarar qilishi mumkin – odamlar chalg‘ishi mumkin. Apple’da esa bunday batafsil ma’lumot o‘sish va rivojlanish davomiyligini ta’minlash uchun kompaniyaning yondashuvini aks ettirmoqda. Unda oddiylikka bo‘lgan muhabbat yodga olingan. U Apple’ning mahsulot dizayni va ishlab chiqilishidagi ajralmas yondashuv.
Unda innovatsiya, Apple bozorlarni qay darajada sinchkovlik bilan tanlashi yodga olinadi. Shuning uchun Apple interfeys va mahsulotning qulayligi bilan dong taratgan.
Apple kompaniyasi haqida qiziqarli maʼlumotlar
10 dekabr 2019, 09:20
1. Apple kompaniyasiga 1976 yil 1 aprelda Stiven Pol Jobs, Stiven Gari Voznyak va Ronald Gerald Ueynlar tomonidan asos solingan.
2. Apple birinchi 30 yil ichida Apple Computer Inc. deb nomlandi. Keyinchalik u 2007 yil 9 yanvar kuni Apple Inc deb o‘zgartirildi. Kompyuter so‘zi uning elektron bozorini kengaytirish uchun olib tashlangan.
3. 2009 yilda Apple sotgan har bir iPhone uchun 625 dollar foyda ko‘rgan va ularning soni 40 millionga yetdi.
4. Dunyo bo‘ylab Apple uchun 80 000dan ortiq xodimlar ishlaydi.
5. Kuniga 340 000 iPhone sotiladi. 2012 yilda Apple eng ko‘p telefon sotgan yil hisoblanadi.
6. Apple daromadi daqiqasiga 300 000 AQSh dollariga teng.
7. Stiv Jobs buddist hisoblanadi.
8. “Dulcimer” — iPod uchun kod nomidir.
9. Stiv Jobs Apple kompaniyasining har bir xodimiga bepul iPhone sovg‘a qiladi.
10. Apple barcha mahsulotlarini havo orqali yetkazib beradi. Cathay Pacific kompaniyasining eng katta yuk mijozi bu Apple’dir.
11. 1997 yilda Bill Geyts Apple’ni inqirozdan saqlash uchun 150 million dollar sarmoya kiritgan.
12. Apple kompaniyasi ishlab chiqargan texnikalar oldida chekish mumkin emas, chunki uning kafolatiga putur yetishi mumkin.
«Apple» – shaxsiy kompyuterlar, iPod audio-pleyerlar va dastur taʻminoti ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasi. Shaxsiy kompyuterlar va zamonaviy grafikli interfaysga asoslangan koʻp vazifali operatsion tizimlar olamida boshlab berganlardan biri hisoblanadi. Bosh ofisi – Kupertino, Kaliforniya shtatida joylashgan.
2007 yil 9 yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi “Apple Computer” edi.
Источник