Android uchun kitob o‘qish dasturini tanlaymiz
“Dunyoning eng dono kishilari bilan har kuni suhbatlashishdan ham ko‘ra qimmatroq narsa yo‘q”.
Va bu suhbatni yuqori darajada qulay va oson qilish zarur. Bugungi kunda smartfon yoki planshetga kitob yuklab olish imkoniyati butun bir kutubxona o‘rnini bosadi. Kitob o‘qish uchun mo‘ljallangan dasturlar esa bir olam foydali funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Men o‘z sharhimda Android platformasida ishlatish va Google Play’da yuklab olish mumkin bo‘lgan – Cool Reader, FBReader, Moon+ Reader va Litres.ru’ning “O‘qi!” («Читай!») dasturlarini yoritib berishga harakat qilaman.
Cool Reader
- Ishlab chiquvchi – Vadim Lopatin
- Foydalanuvchilar bahosi – 4,7 (5 dan)
- O‘qiydigan kitob formatlari – fb2, epub (DRM siz), txt, doc, rtf, html, chm, tcr, pdb, prc, mobi (DRM siz), pml
- Narxi – bepul. Google Play’ga link
Cool Reader’ni Androidda ishlaydigan eng ommabop kitob o‘qish dasturi desam adashmagan bo‘laman. Paydo bo‘lgan vaqtidan to hozirgacha dastur mukammallashib va rivojlanib kelmoqda. Deyarli har haftada dastur yangilanib borib, har hafta navbatdagi yangilik va qulaylikni kuzataman. Tan olishim kerak, Cool Reader’ni bir yil avval yuklab olgan bo‘lsam, hali biror marta uni almashtirish haqida o‘ylaganim yo‘q. U turli formatlar bilan ishlay oladi. O‘qish vaqtida sozlashlarni osonlik bilan o‘zgartirish mumkin.
Agar siz izoh va havolalarga boy maxsus adabiyotlarni ko‘p o‘qisangiz, bundan tashqari, bobdan-bobga, bo‘limdan-bo‘limga doimiy ravishda o‘tib-qaytib turish zarur bo‘ladigan bo‘lsa, unda Cool Reader aynan siz uchun. Och jigarrang tusdagi fonni tanlashni maslahat beraman, u ko‘zlaringizni deyarli charchatmaydi.
- Afzalliklari: sodda sozlashlarga ega, barqaror ishlaydi
- Kamchiliklari: Tepada joylashgan sozlashlar paneli ekranning ko‘p qismini egallab qo‘ygan.
FBReader
- Ishlab chiquvchi – Geometer Plus
- Foydalanuvchilar bahosi – 4,7 (5 dan)
- O‘qiydigan kitob formatlari – fb2 (.zip), ePub, mobi, rtf, plain text
- Narxi – bepul. Google Play’ga link
Oson va qulay bo‘lgan ushbu dastur oddiyligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Shu bilan birga, kitob o‘qishni qulay tarzda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha sozlashlar mavjud. Badiiy adabiyotlarni o‘qish uchun ayni muddao. Dasturning o‘ziga xos jihati shundaki, unda onlayn kitob do‘konlarining qo‘shimcha modullarini o‘rnatish imkoniyati bor.
- Afzalliklari: Sozlashlarning oddiyligi va o‘zgaruvchanligi, ishlashining barqarorligi
- Kamchiliklari: topilmadi.
Moon+ Reader
- Ishlab chiquvchi – Moon+
- Foydalanuvchilar bahosi – 4,5 (5 dan)
- O‘qiydigan kitob formatlari – epub, fb2, mobi, chm, cbr, cbz, umd, txt, html, rar, zip yoki OPDS
- Narxi – bepul. Google Play’ga link
Moon+ Reader – bu funksionallik va zamonaviy dizayn uyg‘unligi demakdir. Unda harf o‘lchamidan tortib, rang sxemasigacha sozlash mumkin. Kitob javoni o‘ta go‘zal ko‘rinishga ega. Ekranni hech qanday panel to‘smaydi, u faqat matnni ifoda etadi. Bu maqolani yozish jarayonida menda ushbu dasturga o‘tish niyati paydo bo‘ldi.
- Afzalliklari: Ajoyib dizayn, funksionallik, kitob sahifasining ekran o‘lchamiga deyarli teng ekanligi
- Kamchiliklari: Topilmadi.
“O‘qi!” («Читай!» LitRes’dan)
- Ishlab chiquvchi – LitRes
- Foydalanuvchilar bahosi – 3,3 (5 dan)
- O‘qiydigan kitob formatlari – fb2
- Narxi – bepul. Google Play’ga va «Читай! Бесплатно»ga link
Ushbu dastur LitRes – litsenziyali elektron kitoblarni tarqatuvchi kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan. Pulli va bepul turlarda taklif etiladi. Bepul versiyada sizga LitRes kutubxonasida mavjud bo‘lgan bepul adabiyotlardan foydalanish imkoniyati beriladi. Bunda boshqa kitoblarni qo‘sha olmaysiz. Biroq kitoblarni yuklayotgan vaqtimda doimiy ravishda “fayllarni yuklashda xatolik yuz berdi” degan yozuv chiqaverdi. Balki u vaqtinchalik nuqsondir, ammo bu dasturdan foydalanish istagi menda allaqachon so‘nib bo‘ldi. Pulli versiyada esa kitoblarni xarid qilish, o‘z kitoblaringizni (fb2 formatida) yuklab olish imkoniyati bor.
- Afzalliklari: Sharhdan o‘rin olgan boshqa dasturlarga nisbatan hech qanday afzalliklari topilmadi
- Kamchiliklari: yuklab olish mumkin bo‘lgan shaxsiy kitoblar faqat bitta formatdaligi, bepul versiyaning “qotib” ishlashi.
Xulosa
Google Play bizga bir nechta yaxshi variantlarni taqdim etadi, ularning har biri o‘z muxlisini topishiga shubham yo‘q. Oddiylikni yoqtirasizmi? FBReader xizmatingizga muntazir. Ilmiy, maxsus adabiyotlardan foydalanasizmi? Funksionallikni qadrlaysizmi? O‘ylab o‘tirmasdan, Cool Reader’ni yuklab oling. Kitob o‘qish uchun qulay, ishonchli va ko‘rkam dastur kerakmi? Marhamat, Moon+ Reader. Kitob qidirib Internetni “titkilashga” vaqtingiz yo‘qmi? Bu ishni LitRes’ga qo‘yib bering. Faqat pul to‘lashga tayyor bo‘ling.
Maqolaga yakun yasarkanman, elektron kitoblarni o‘qing, daraxtlarni asrang, deb qolaman.
Источник
shoydullo adminstrator
Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 275
Bugun: 5.12.2021
Soat: 4:39
Android operatsiyon tizim uchun kitob tayyorlash
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2016-03-29
Android operatsiyon tizim uchun kitob tayyorlash
Ushbu qo`llanma Android qurilmasida ishlash mumkin bo`lgan electron kitoblar yaratish uchun, Android kitob ilovadan qanday foydalanish mumkinligi bayon etilgan va Android telefonlar uchun kitob tayyorlash ko`rsatib o`tiladi.
Android uchun kitob tayyorlash dasyure interfeysi.
-tugmani bosish bilan yangi kitob yaratish va joriy kitob to`g`risida asosiy ma’lumotlarni o`rnatish.
-tugmani bosish vositasida matnli fayllarni Inport qilish v abo`lim hamda kitobning mazmunini tahrirlash ishlari.
-tugmani bosish orqali kitobni APK kengaytmali kitob ko`rinishida chiqarishga buyruq beradi.
Yangi apk kengaytmali kitob yaratishni ko`rib chiqamiz:
Qadam 1. «Создать новую книгу» Yangi kitob yarating tugmasini bosib, yangi kitob yaratish va asosiy ma’lumot kiritiladi.
Название книги-kitob nomi,
Автор-muallifi,
Категория-mundarijalar
Веб сайт-veb saytingiz mavjud bo`lsa, yoki e-mail kiritish
Описание— kitobning qisqrtma izoh so`zlar kiriting.
Qadam 2. «Книга значок» bo`limini tanlab, kitobning yuziga rasm tanlash bajariladi. Android kitob yuzi uchun faqat ico kengaytmali rasm kiritidi bunda rasmning o`lchamlari quyidagicha bo`ladi: 32×32, 48×48, 72×72.
Qadam 3. “Обложка книги” bo`limida kitobning oyna o`lchami o`rnatiladi: 400×568.
Qadam 4. “Опции отображения” bo`limida kitob oynasining rangi, shiriftining rangi hajmi, intervali va bashqa parametrlari o`rnatiladi.
Источник
Elektron kitob yaratish android programma
Ko’pchilikning Android telefonida O’zbek tilidagi elektron kitoblarni uchratish mumkin. U kitoblarda hikoya, roman, she’r, testlar, har xil sohaga oid yoki darsliklar bo’yicha ma’lumotlar yozilgan bo’ladi. Internetdan izlasangiz bunaqa kitoblar ko’p bo’lib, o’zinga keraklisini yuklab olib telefoningizda foydalanishingiz mumkin. Ushbu maqolada kitob yaratishni ko’rib chiqamiz.
Kitob ilovalarini yaratish unchalik murakkab ish emas, dasturlash tillarini bilish ham talab etilmaydi. Android uchun dasturlash tillaridan foydalanib qulay, interaktiv kitoblar yaratish mumkin, ammo ko’pchilik android dasturlash tillarini bilmaydi, o’rganishga esa ko’p vaqt ketishi mumkin.
Android kitoblar yaratish uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, kompyuterda, internetdagi maxsus online saytlarda yoki android telefonlarning o’zida ham yaratish mumkin.
Kompyuterda Android Book App Maker dasturida kitob yaratishni o’rganamiz.
Bu dastur pullik bo’lib, rasmiy sayti http://www.appmk.com/ dan yuklab olishingiz mumkin. Dastur hajmi 20 megabaytdan kichik bo’lib, kuchsiz kompyuterlarda ham ishlaydi. Dasturni o’rnatganimizdan so’ng ishchi stolda yorlig’i paydo bo’ladi. Android Book App Maker dasturini ishga tushiramiz va uning interfeysi quyidagicha.
Yangi kitob yaratish uchun «Новая» tugmasini bosamiz. Hosil bo’lgan oynaga kitob nomi, muallifi, turi ni ko’rsatib «Ok» tugmasini bosamiz. Ishchi maydoni ikki qismdan iborat: chap oyna boblar mundarijasi va o’ng qism sahifani tahrirlash oynasi.
Kitobimiz bir nechta boblardan iborat bo’lishi mumkin. Yangi bob qo’shish uchun Ctrl+H klavishini yoki «Добавить пустую главу» tugmasini bosamiz. Boblar mundarijasida esa ular tagma-tag ko’rinib turadi. Boblarni shajaraviy ichma-ich joylashtirsak ham bo’ladi. Boblarni Word dasturi fayllaridan yoki oddiy matn fayllaridan import qilsa ham bo’ladi. Boblarni ustiga bosib aktivlashtiramiz. Tahrirlash oynasiga shu bobga oid malumotlarni kiritamiz. Matn orasiga rasm joylashtirish uchun «Добавить изображение в книгу» tugmasini bosib rasm tanlaymiz. Joylashtirgan rasmimiz tahrirlash oynasida ko’rinmaydi. Har bir bobni tanlab ma’lumot qo’shib chiqamiz.
Barcha ma’lumotlarni kiritib bo’lgandan so’ng «Опции» tugmasini yoki Ctrl+G klavishini bosamiz. Kitob sozlamalari oynasi hosil bo’ladi va kerakli parametrlarni to’g’irlab chiqamiz.
Ushbu sozlamalar oynasida quyidagilar bajariladi:
1.Оснавные данные-kitob haqida ma’lumotlar, muallif, kitob nomi, sayt adresi yoziladi.
2.Шаблон-kitob uchun kerakli ma’lumotlarni qo’shish.
3.Иконка-ilova ikonkasini o’zgartirish.
4.Обложка книги-kitob muqovasiga rasm joylashtirish.
5.Опции отображения-matn shrift ko’rinishi sozlanadi.
6.Содержание-shifrlash va kitobni o’ngdan yoki chapdan o’qiladigan qilish.
7.Язык-kitobdagi buyruq so’zlarni tarjima qilish.
Sozlamalarni to’g’irlab bo’lgandan so’ng «Собрать» tugmasini bosamiz. Ilova yaratish oynasi hosil bo’ladi. Bu oynadan ilova prefiksi, versiyasi, Admob reklama Id, kitob varaqlanish turlarini va saqlanadigan papkani ko’rsatib «Далее» oxirida «Готово» tugmalarini bosamiz.
Ko’rsatilgan papka ichida .apk ilovamiz tayyor, uni telefonga o’rnatamiz.
Android qurilmalar uchun elektron kitob yaratishni ko’rib chiqdik. Bu kitoblarni internet orqali foydalanuvchilarga tarqatishingiz yoki Play Marketga joylashtirishingiz mumkin. Bu kitobga biriktrilgan Google Admob reklamalari orqali pul ishlasangiz bo’ladi. Hozirda ko’pchilik o’quvchilar, talabalar Android telefonlardan foydalanadi, oddiy kitoblarni ko’tarib yurishga, kutubxonaga borishga erinishadi. Ularga darslik yoki foydali ma’lumotlardan elektron kitoblar tayyorlab berilsa, bilim va ko’nikmalari oshishiga hizmat qilar edi.
Umedjon Nazirxujayev va yana 35 kishi layk bosishdi.
Источник
Elektron kitob yaratish android programma
Kompyuterda foydalanish mumkin bo’lgan 3D elektron kitob yaratishni o’rganamiz. Oldingi maqola Android uchun kitob tayyorlash edi, bu maqola davomi bo’ladi. Yaratmoqchi bo’lgan kitobimizni boshqa dasturlarda ochmasdan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishimiz mumkin. Qiziqarli tomoni bu kitobni sichqoncha yordamida varaqlab, oddiy kitobni varaqlaganday o’qish mumkin.
Kitob yaratishimiz uchun bizga iSpring dasturlar to’plami kerak bo’ladi. Bu dastur pullik bo’lib, https://www.ispringsolutions.com rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin. iSpring dasturlar to’plami ta’lim sohasida ko’p foydalaniladigan eng yaxshi dasturlardan biri. Bir nechta dasturlar jamlanmasi bo’lib, elektron darsliklar, qiziqarli har xil testlar, video darslar va boshqa virtual ta’lim texnologiyalarini yaratishda foydalaniladi.
Dasturni o’rnatib bo’lgandan so’ng bosh menyudan iSpring Kinetics ni ishga tushiramiz va «Книга» yozuvi ustida bosamiz.
Kitob yaratish oynasi hosil bo’ladi. Oynaning yuqori qismida uskunalar paneli joylashgan. Pastki qism esa ikkiga bo’lingan bo’lib, chap va o’ng oynalardan tashkil topgan. Chap oynada kitob sahifalari ko’rinib turadi va sahifani tanlab o’ng oynada ma’lumot kiritamiz. Yangi sahifa qo’shish uchun uskunalar panelidagi «Создать разворот» tugmasini bosamiz, o’chirish uchun belgilab chap oynadagi «Удалить выбранное» tugmasini bosamiz. Sahifa yani varoqlarning orqa fonini o’zgartirish uchun uskunalar panelidagi «Фоны страниц» tugmasini bosib kerakli dizaynni tanlaymiz.
Har bir sahifaga ma’lumot kiritamiz. «Изображение» tugmasi orqali rasm, «Надпись» tugmasi orqali matn joylashtirishimiz mumkin.
Kerakli ma’lumotlarni kiritib bo’lgandan so’ng «Публикация» tugmasini bosamiz. Ekranda publikatsiya oynasi hosil bo’ladi. Bu oynada kitobimiz sarlavhasi nomini, fayl nomi va saqlanadigan joyni ko’rsatamiz, oyna o’lchamlarini kiritamiz. «Сжатие» qismida esa kitobimiz qilish darajasini o’zgartiramiz.
Barcha ishlarni tugatgandan so’ng «Опубликовать» tugmasini bosamiz. Kitobimiz tayyor ko’rsatilgan papka ichidan olib foydalanishimiz mumkin.
Maqolani qisqa va tushunarliroq bo’lishiga harakat qildim. Savollaringiz bo’lsa komentariyada qoldirishingiz mumkin. Kompyuterda 3D kitob yaratishni o’rganib chiqdik. Kompyuterda elektron kitoblar pdf yoki djvu fayl ko’rinishida bo’ladi. Ularni iSpring dasturi yordamida yuqoridagi ko’rinishga keltirsangiz yanada qiziqarliroq bo’ladi. Web saytingiz bo’lsa html fayl ko’rinishida saqlab, saytingizda chiqadigan qilib joylashtirsangiz bo’ladi. Darslik yoki qiziqarli ma’lumotlar asosida bunday kitoblar yaratib, internet orqali tarqatishingiz yoki darslarda foydalanish mumkin.
Arziyeva Sayyora . va yana 35 kishi layk bosishdi.
Источник