Iphone qayerda ishlab chiqariladi

Internetda ilk iPhone’ni ishlab chiqarish jarayoni tasvirlangan noyob suratlar tarqaldi

Ilk iPhone modelining taqdimotidan 13 yil o‘tib, uni ishlab chiqarish jarayoni tasvirlangan arxiv suratlar e’lon qilindi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Twitter / Bob Berrou

Suratlarda smartfonlarni sinovdan o‘tkazish jarayonini ko‘rish mumkin, oddiyroq qilib aytganda — sifat nazoratini. Bu birinchi iPhone partiyalarini ishlab chiqarishning eng qizg‘in pallasi hisoblanadi. Apple sobiq muhandisi Bob Berrouning so‘zlariga ko‘ra, suratlar 2007-yilning bahorida olingan.

Aftidan, suratlar Foxconn kompaniyasining zavodida olingan bo‘lib, Apple u bilan hamon hamkorlik qilib keladi. Unda o‘nlab iPhone qurilmalari barcha funksiyalarni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus ustunlarga qotirilgan — maxsus dasturlar kameralarni yoqadi, aloqani va qolgan barcha parametrlarni tekshiradi.

Foto: Twitter / Bob Berrou

Alohida modellarni odamlar qo‘lda tekshiradi — bu dastlabki bosqichlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ommaviy nuqsonlar oldini olishga yordam beradi.

Apple dunyodagi eng yopiq kompaniyalardan biri hisoblanadi, shu sababli kompaniya kamdan kam hollarda ish jarayonlariga oid ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Foto: Twitter / Bob Berrou

Foto: Twitter / Bob Berrou

Birinchi iPhone 2007-yilning 9-yanvarida taqdim etilgan, sotuvda esa o‘sha yilning iyun oxirlarida paydo bo‘lgan. Uning boshlang‘ich narxi 499 dollarni tashkil etgan.

Источник

“i faqat internet degani emas”. Smartfon bozoriga kech kirib, uni zabt etgan iPhone tarixi

Bugungi kunda hammamiz ko‘nikib ulgurgan smartfonlar ibtidosi bundan 13 yil avval – 2007-yilning 9-yanvar kunidan boshlangan edi. Macworld Expo konferensiyasida Stiv Jobs jamiki smartfon ishlab chiqaruvchilarini mavjud streotiplarni qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan va keyinchalik dunyo smartfonlar bozorini larzaga keltirgan iPhone’ning birinchi avlodi bo‘lmish iPhone 2G taqdim etilgan, iPhone smartfonlari dunyo ekspansiyasini boshlagan edi.

iPhone – Apple korporatsiyasi seriyali ishlab chiqarayotgan iOS operatsion boshqaruv tizimida ishlaydigan smartfon. iOS aslida MacOS operatsion boshqaruv tizimining mobil qurilmalarga mo‘ljallangan qisqartirilgan va optimallashtirilgan versiyasidir.

Kompyuterlar yaratuvchisi smartfon ishlab chiqarishiga nima sabab bo‘lgan edi?

iPhone yaratilishi haqida Stiv Jobs shunday degan edi:

Bir sirni aytaman. Umuman olganda, men planshetdan boshlaganman. Menda klaviaturadan xalos bo‘lish g‘oyasi paydo bo‘ldi, shisha multitach-displeyning o‘zida yozish imkoniyati bo‘lishini xohlardim. Shunaqa displey taklif qila olamizmi, deb o‘zimizning yigitlardan so‘rab ko‘rdim. Shunchaki qo‘lingni uning ustiga qo‘yib yozish imkoniyati bo‘lsa.

Olti oydan keyin ular meni chaqirib, xuddi shunday displey prototipini ko‘rsatdi. Men esa uni foydalanuvchi interfeysi bilan shug‘ullanadigan ajoyib yigitlarimizdan biriga olib bordim. Bir necha haftadan keyin u meni chaqirdi: inersion aylantirgichni tayyorlab bo‘lgan edi. Lenta, inersion aylantirgich va yana bir-ikkita narsalarni ko‘rib, o‘yladim: “Yo Xudoyim, axir biz bundan telefon yaratishimiz mumkin-ku!”. Shu bilan planshet loyihasini javonga qo‘ydim. Sababi, telefon undan muhimroq edi. Keyin bir necha yil davomida iPhone ustida ishladik.

Birinchi iPhone – 2G’ning yaralishi

Birinchi iPhone 2007-yil 29-iyunda sotuvga chiqarildi va darhol AQSh smartfon bozorining katta qismini egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Читайте также:  Apple parfums pandora туалетная вода

2007-yilda Time jurnali iPhone’ni “yil kashfiyoti” deb e’lon qil. iPhone 2G sotuvlari ham chakki emas edi. U deyarli 6 million adadda sotildi.

2008-yilning 10-iyun kunida WWDC-2008 konferensiyasida avvalgisidan ancha mukammalroq, qurilmaviy va dasturiy kamchiliklardan xoli yangi iPhone OS versiyasida ishlaydigan iPhone 3G modeli taqdim etildi. iPhone 3G interfeysiga rus tili kiritilishi u MDH davlatlari smartfon bozoriga kirib kelishga yo‘l ochdi.

2008-yilda iPhone PC World nashriyoti tuzgan “eng foydali zamonaviy texnologiyalar reytingi”da ikkinchi o‘rinni zabt etdi.

Keyingi tarix esa barchamizga ma’lum. Bugun birinchi iPhone taqdimotigacha bo‘lgan tarix haqida gaplashsak.

Avval boshida birinchi iPhone smartfoni iPod bazasida yaratilishi nazarda tutilgan edi; Purple 1 loyihasi asosida ishlar boshlandi. Lekin raqamlar va harflarni terishdagi muammolarga yaxshi yechim topolmagan loyiha to‘xtatildi.

Purple 1 loyihasi haqida qisqacha:

Purple 1 loyihasiga ko‘ra, o‘sha vaqt uchun mutlaqo noodatiy tarzda telefon har qanday jismoniy tugmachalardan xoli bo‘lishi kerak edi. Olingan patentlarga asoslanib aytadigan bo‘lsak, raqamlarni terish oddiy uy telefonlaridagi aylanma harakatlar orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan edi. Raqamlarni-ku shunday terish mumkindir, biroq harflar bilan bunday qilish mumkin emasdi. Oradan yarim yil o‘tib, Purple 1 uchun javobgar bo‘lgan Toni Fadell jamoasi bu muammolarga maqbul yechim topa olmaganini tan oldi. Loyiha yopildi.

Foto: AQSh patent byurosi

Muvaffaqiyatsiz Purple 1 dan keyin Apple bozorga 2005-yil sentabrda chiqqan Motorola ROKR telefoni yaratilishida ishtirok etdi. Lekin bu ham Apple uchun omadsiz yakunlandi. Motorola ROKR yil muvaffaqiyatsizligi deb baholandi.

Stiv Jobs shunda ham ortga chekinmadi va Singular uyali aloqa operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Purple 2 loyihasi ustida ish boshlandi.

Jobsning maqsadi barmoq bilan boshqariladigan foydalanuvchi interfeysiga ega telefon yaratish edi. Barcha muammo ham shunda edi aslida. Sababi, Jobs stiluslarni yomon ko‘rardi va hatto bir safar “stilus taklif etmoqchi bo‘lsang, tamomsan”, deb aytgandi.

iPhone 2G o‘sha vaqtda bozordagi eng ilg‘or qurilma edi. U o‘zida uchta gadjetni birlashtirardi: musiqa pleyeri, internet-kommunikator va telefon. Uning nima o‘ziga xosligi bor edi?

Foto: Google Photos

O‘sha vaqtdagi yuzlab boshqa smartfonlardan ajralib turgan dizayni. Materiallarining xususiyatlari bilangina emas, g‘oyasi bilan ajralib turgan dizayni. U payti boshqa smartfonlarda kichikroq displey va jismoniy QWERTY klaviatura bo‘lsa, iPhone’da faqat u bor edi – katta displey. Odamlar avvaliga uni nima qilishni tushunmagan ham edi. Jobs taqdimot vaqtida unga quvvatlash tuynugi (tirqishi) orqali klaviatura ulanishini aytib, katta klaviaturani ko‘rsatib hazillashgan, lekin bu hazilni hech kim tushunmagan, sababi auditoriya buni jiddiy qabul qilgan edi, chunki barmoq bilan boshqariladigan sensorli displey hali odamlarning tasavvuriga yot narsa edi.

Umuman olganda, o‘sha taqdimot boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari ehtiyotkorona masxara qilingani bilan ham esda qolarli bo‘lgan. Bungacha birorta telefon ishlab chiqarmagan Stiv Jobs chiqib olib, mahsulotiga ishora qilgancha barcha smartfon ishlab chiqaruvchilarini loyqa bilan chaplab tashlashini tasavvur qiling. Hammasi haqiqatan ham u aytganday bo‘ldi.

Boshqalarda maksimum stilusda ishlaydigan rezestiv ekranlar bo‘lgan bir paytda telefonning ekrani avval tasavvur ham qilish qiyin bo‘lgan darajada barmoq bilan nozik teginishga “quloq solar”, klaviatura ham virtual edi. Shunchaki barmoq bilan teginib ishlatish jismoniy tugmachalarga nisbatan ancha yoqimliroq edi. Telefon displeyi 3,5 dyuymli diagonalga ega edi; aynan u raqobatchilarning keyingi modellari uchun standart vazifasini bajarib bergan edi. Displeyning tasvir sig‘imi sifati 320×480 edi. Bu o‘sha vaqtlarda barcha uchun orzudagi displey edi.

Читайте также:  Iphone с чего начать работу

Dastlabki iPhone’ning raqobatchilari kimlar edi?

Muvaffaqiyat kaliti maxfiylikda edimi yoxud nega iPhone kam xato qiladi?

iPhone ishlab chiqarilishi Apple korporatsiyasining boshqa mahsulotlari kabi o‘ta maxfiy saqlangan. Bu haqda Apple muhandisi Greg Kristi shunday degan:

Bir oyda ikki marta smartfon yaratilishidagi muvaffaqiyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tardi. Jobs derazalari yo‘q kichikkina xonada qo‘l ostidagilarining barcha hisobotlarini shaxsan o‘zi eshitardi.

Bundan tashqari, iPhone ishlab chiqarilishida ishtirok etgan sobiq xodimlari quyidagi ma’lumotni ham aytib o‘tgan:

Ishga kirishdan oldin sirlarni oshkor qilmaslik haqida Maxfiylik shartnomasi tuzilar edi. Sizga ism-familiyangiz o‘rniga maxsus kod berilardi, bu kodni shartnomaga qo‘l qo‘yib bo‘lgandan so‘nggina olardingiz. Qurilmaning har xil qismlari ustida ishlayotgan xodimlar kim nima ish qilayotganini bilmas edi. Qurilma haqida gaplashish, muhokama qilish taqiqlangan edi, qurilmaning bitta qismi ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta jamoa ishlar, lekin bundan ularning xabari bo‘lmas edi. Mahsulotlarning usti doim qora mato bilan yopib qo‘yilgan holda saqlanardi.

Yana bir qiziq fakt.

iPhone nomli telefonning birinchi ishlab chiqaruvchisi aslida Apple emasligidan xabardormisiz?

iPhone inglizcha phone (telefon) so‘ziga i harfi qo‘shilishidan yaralgan. Birinchi iPhone taqdimotida Stiv Jobs i harfi faqat internet so‘zining qisqartmasi emasligini aytib, “bu harf biz uchun boshqa narsalarni ham anglatadi” degan, orqa fondagi ekranda individual, instruct, inform, inspire (shaxsiy, o‘rgatmoq, xabar bermoq, ilhomlantirmoq) so‘zlari ko‘rsatilgan edi.

Smartfon deyarli tayyor bo‘lib qolganida marketing bo‘limi iPod nomiga o‘xshatib iPhone nomidan foydalanishni taklif etdi. Biroq bu muammo edi. Chunki iPhone nomi savdo markasi sifatida Infogear kompaniyasi tomonidan 1996-yilning 20-martidayoq ro‘yxatga kiritilgan va kamiga ushbu kompaniya 2000-yilda Cisco Systems kompaniyasi tomonidan sotib olingan edi.

Foto: Cisco Systems

Xullas, birinchi iPhone sotuvga chiqarilgandan keyin Cisco kompaniyasi Apple’ni sudga bergan. 2007-yilning 21-fevralida ular o‘zaro kelishuvga erishgan. Kelishuv shartlari hozirgacha sir saqlanadi.

iPhone hozir qayerda ishlab chiqarilmoqda?

iPhone ishlab chiqarilishini ikki bosqichda ajratsak bo‘ladi:

— birinchi bosqich – prototiplar, dasturiy ta’minot va qurilmani yaratish;

— qurilmani sotuvlar uchun yig‘ish.

Hammasi Apple’ning Kupertinodagi (Kaliforniya shtati) bosh ofisidan boshlanadi. Aynan shu yerda yangi qurilma loyihasi, g‘oyasi, dizayni, dasturiy ta’minoti yaratiladi.

Sotuv uchun ishlab chiqarilgan iPhone’larning barchasi Xitoyda yig‘ilgan. 2018-yil yozidan Bangalorda (Hindiston) ham iPhone yig‘ilishi yo‘lga qo‘yildi. 2020-yilda AQShning o‘zida ham sotuv uchun iPhone yig‘adigan zavod ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Bugungi kun. iPhone’ning ishi haliyam avjidami?

Xo‘sh, raqobat kundan kunga o‘sib borayotgan smartfonlar bozorida iPhone’ning ishlari qanday deb o‘ylaysiz?

  • sotuv hajmi bo‘yicha iPhone hamon dunyoda yetakchi. Vaqti-vaqti bilan ishlab chiqarishda yuzaga kelayotgan muammolarga qaramasdan, u hozirda ham smartfonlar bozorida mustahkam mavqeini saqlab kelmoqda;
  • dunyo smartfon bozoridagi pulning 68 foizi Apple ulushiga to‘g‘ri kelmoqda;
  • Counterpoint Research tahlilchilarining hisobotlariga ko‘ra, 2019-yilda barcha smartfon ishlab chiqaruvchilari 12 milliard dollar daromad ko‘rdi; shundan 66 foizi yoki 8 milliard dollar iPhone ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Dunyo miqyosida sotilgan barcha smartfonlarning bor-yo‘g‘i 13 foizi iPhone ulushiga to‘g‘ri kelayotganini inobatga olsak, bu juda kutilmagan natijadir;
  • 2019-yilda eng ko‘p sotilgan smartfon – iPhone XR.
Читайте также:  Не правильный пароль от вай фая айфон

2007–2019-yillar oralig‘ida chiqarilgan iPhone’larning kameralari:

2007–2019-yillarda ishlab chiqarilgan iPhone’larning og‘irligi:

Источник

Apple раҳбари iPhone қаерда ишлаб чиқарилишини айтди

Шу кунларда америкаликлар орасида «Айфон нега АҚШ да тайёрланмайди?» деган савол кенг оммалашмоқда ва бу мавзу кўплаб танқид, фикр-мулоҳазаларга сабаб бўлмоқда.

«iPhone смартфонини Америка Қўшма Штатларида ишлаб чиқарилмайди, деб ўйлаш — хато фикр», — дейди Apple корпорацияси бош директори Тим Кук MSNBC телеканалига берган интервьюсида.

«Компания айфон учун энг зарур бўлган барча турдаги бутловчи қисмларни АҚШ да ишлаб чиқаради, — дейди Кук. — Одамлар эса смартфон корпусига туширилган ва қурилма йиғиладиган жой номига эътибор қаратишмоқда».

Кукнинг фикрича, юқори технологияли бу қурилма жаҳоннинг турли давлатларида йиғилиши ва ишлаб чиқарилиши керак.

iPhone учун керакли бўлган шиша Американинг Corning компанияси томонидан Кентукки штатида, iPhone X учун керак бўладиган Face ID модули Техасда ишлаб чиқарилади. Кукнинг маълум қилишича, АҚШ да Apple қурилмалари учун зарур турли микросхемалар ҳам тайёрланади.

Кейинчалик бу қисмлар Хитойдаги Foxconn ва Pegatron каби заводларга етказиб берилади.

АҚШ ҳукумати, жумладан Оқ уй раҳбари ҳам Apple айфонни Хитойда ишлаб чиқараётгани, бу эса Хитой учун катта даромад манбаи бўлиб хизмат қилаётганини танқид қилган. Шу кунларда АҚШ ҳукумати Хитойга қарши иқтисодий чоралар кўриш бўйича қонун лойиҳасини тайёрламоқда.

Шундай бўлса ҳам, Apple Америкадаги энг сердаромад компания бўлиб қолмоқда. Жорий йилнинг январ ҳолатида компания 100 мингта қўшимча иш ўринлари яратиш эвазига АҚШ иқтисодиётига 350 миллиард доллар фойда келтирган.

Источник

Apple rahbari iPhone qayerda ishlab chiqarilishini aytdi

Shu kunlarda amerikaliklar orasida «Ayfon nega AQSh da tayyorlanmaydi?» degan savol keng ommalashmoqda va bu mavzu ko‘plab tanqid, fikr-mulohazalarga sabab bo‘lmoqda.

«iPhone smartfonini Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqarilmaydi, deb o‘ylash — xato fikr», — deydi Apple korporatsiyasi bosh direktori Tim Kuk MSNBC telekanaliga bergan intervyusida.

«Kompaniya ayfon uchun eng zarur bo‘lgan barcha turdagi butlovchi qismlarni AQSh da ishlab chiqaradi, — deydi Kuk. — Odamlar esa smartfon korpusiga tushirilgan va qurilma yig‘iladigan joy nomiga e’tibor qaratishmoqda».

Kukning fikricha, yuqori texnologiyali bu qurilma jahonning turli davlatlarida yig‘ilishi va ishlab chiqarilishi kerak.

iPhone uchun kerakli bo‘lgan shisha Amerikaning Corning kompaniyasi tomonidan Kentukki shtatida, iPhone X uchun kerak bo‘ladigan Face ID moduli Texasda ishlab chiqariladi. Kukning ma’lum qilishicha, AQSh da Apple qurilmalari uchun zarur turli mikrosxemalar ham tayyorlanadi.

Keyinchalik bu qismlar Xitoydagi Foxconn va Pegatron kabi zavodlarga yetkazib beriladi.

AQSh hukumati, jumladan Oq uy rahbari ham Apple ayfonni Xitoyda ishlab chiqarayotgani, bu esa Xitoy uchun katta daromad manbai bo‘lib xizmat qilayotganini tanqid qilgan. Shu kunlarda AQSh hukumati Xitoyga qarshi iqtisodiy choralar ko‘rish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlamoqda.

Shunday bo‘lsa ham, Apple Amerikadagi eng serdaromad kompaniya bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning yanvar holatida kompaniya 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish evaziga AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollar foyda keltirgan.

Источник

Оцените статью